
Barselona darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen xizmatlarini Angliya premer-ligasi klublariga taklif qilishdi. Euro-football.ru yozishicha, kataloniyaliklar darvozabonni yanvar oyida ijaraga berishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Barselona ter Shtegenning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini va jahon chempionatiga borishini istaydi. Klub vakillari uning nomzodini Manchester Yunayted, Tottenhem va Vest Xem jamoalariga taklif etgan.
Hozirgi mavsumda 33 yoshli ter Shtegen hali birorta uchrashuvda maydonga tushmadi. U orqa qismidan olgan jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.
Uning Barselona bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Ter Shtegen avvalgi yillarda ham asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan.
Kelasi oylarda uning qayerda faoliyatini davom ettirishi hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar