date

Nurmagomedov Dvalishvili bilan ehtimoliy revansh haqida fikr bildirdi

Nurmagomedov Dvalishvili bilan ehtimoliy revansh haqida fikr bildirdi

Rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmagomedov o‘zining yaqindagi bayonotida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan revansh haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu masalada uning yagona maqsadi — chempionlik kamarini qo‘lga kiritish.

«Men Merabga "chaqiriq" tashlamoqchi emasman. Bu narsa men uchun qiziq emas. Meni faqat kamar qiziqtiradi. Men allaqachon asosiy da’vogarlar orasidaman. Agar Mario ustidan g‘alaba qozonsak, shunda Dvalishvili bilan jang haqida gapirish mumkin bo‘ladi», — dedi Nurmagomedov matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov 25-oktyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan “UFC 321” turnirida amerikalik raqibi Mario Bautistaga qarshi oktagonga chiqadi. Bu bahs Umar uchun katta imkoniyat hisoblanadi — g‘alaba unga chempionlik jangini ta’minlab berishi mumkin.

UFC mutaxassislarining fikricha, agar Nurmagomedov Bautistani ishonchli tarzda mag‘lub etsa, u Dvalishviliga qarshi jangda rasmiy da’vogar sifatida tan olinadi. Bunday ssenariy MMA olamidagi eng kutilgan to‘qnashuvlardan biriga aylanishi ehtimoldan holi emas.

Shuningdek, Umar Nurmagomedovning bu fikrlari jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otdi. MMA ishqibozlari uning g‘alabaga bo‘lgan ishonchi va xotirjamligini yuqori baholamoqda. Nurmagomedovning ta’biri bilan aytganda, “kamar uchun kurashish — jangchi hayotidagi eng katta maqsaddir.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov Dvalishvili bilan ehtimoliy revansh haqida fikr bildirdi