13:27 / 24.01.2025
392

Qahva qon bosimini oshiradimi?

Qahva qon bosimini oshiradimi?
Qahva insonda gipertoniya (qon bosimi) bor yoki yoʻqligidan qat'i nazar arterial bosimni vaqtincha oshiradi, deb yozmoqda Verywell Health.

Biroq organizm kofeinni qanchalik koʻtara olishi bu erda muhim. Odatda oʻsmirlar, qahva yoki kofeinli ichimliklarni ichishga odatlanmaganlar kofe ichganida qon bosimi koʻtariladi.

Kofein — miya va nerv tizimi faolligini oshiruvchi stimulyator. Bu effekt ichimlikni ichgandan soʻng oradan 30 daqiqa – ikki soat oʻtib paydo boʻladi.

Qahvani ichgandan soʻng u qonga oʻtadi. Soʻngra turli gormonlar, miya retseptorlari va neyrotransmitterlar bilan oʻzaro ta'sirga kiradi. Oqibatda arteriya va vena tomirlari torayib, qon bosimi oshadi.

Bundan tashqari, kofein organizmning «ur yoki yugur» reaktsiyasini faollashtiradi. Bu paytda yurak qisqarishlari sur'ati oshib, qon bosimi oshadi.

Ikki-uch chashka kofe sistolik arterial bosim (arterial bosimning yuqori koʻrsatkichi)ni 3−14 mm simob ustunigacha, diastolik bosim (quyi koʻrsatkich)ni esa 4−13 mm simob ustuniga oshiradi. Masalan, sizning qon bosimingiz odatda 120/80 boʻlsa, qahva ichish uni 134/93 gacha oshirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali