De Zyerbi Pavarga qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

De Zyerbi Pavarga qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

"Marsel" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Liga 1ning to‘qqizinchi turida "Lans"ga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Provansaliklar bu o‘yinda 1:2 hisobiga mag‘lub bo‘lishdi.

"So‘nggi ikki muvaffaqiyatsizlikni Pavarning unchalik yaxshi bo‘lmagan harakatlari bilan izohlash mumkin. U so‘nggi vaqtlarda avtogollarga duch kelmoqda. Ammo Benjamen bu sababli o‘z ishonchini yo‘qotmasligi kerak. U bizning jamoamiz uchun muhim futbolchi.

U xotirjam bo‘lib, o‘z ustida ishlashda davom etishi lozim," - dedi bosh murabbiy Footmercato nashriga bergan intervyusida. De Zerbi shogirdlari to‘qqizta o‘yindan keyin 18 ochko to‘plashga erishdi.

Provans jamoasi Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar