Qanday tashqi ta'sirlarga munosabat bildirsangiz, tafakkuringiz ham xuddi shunga moslashadi. Bu tanovul qilayotgan ovqatingiz vujudingizga qanday ta'sir etsa, xuddi shunday ongingiz ham oladigan ma'lumot va his-tuygʻularga qarab shakllanadi. Kun davomida qabul qiladigan ayrim taassurotlar fikrlashingizga ijobiy ta'sir qilsa, ba'zilari esa yomon kayfiyatni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli, ongingizni salbiy taassurotlardan himoya qilish muhimdir.
Agar siz ruhiy muvozanatga erishsangiz, aqlingiz noxush fikrlar va salbiy mental ta'sirlarni avtomatik ravishda rad etadi. Buning uchun tafakkuringizdagi noxush fikrlarni ijobiy ong bilan almashtirishga harakat qilish kerak. «Uloqtirib tashlash» degani — salbiy his-tuygʻularni yoʻqotib, diqqatingizni foydali va zavq bagʻishlaydigan narsalarga qaratishdir.
Tarixda koʻplab buyuk shaxslar muvaffaqiyatsizliklar va tushkunliklarning ta'sirida oʻz iste'dodlarini kashf etishgan. O’Genrining yagona jinoiy sarguzashti uni qamoqqa tushirdi, ammo aynan shu voqea uning adib sifatida tanilishiga yoʻl ochdi. Jek London yoshlikda tushkunlikka tushgan, ammo aynan shu kechinmalar uni zamonasining mashhur yozuvchisiga aylantirdi. Knut Gamsun hayotida koʻplab muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, biroq umidsizlikka tushmay, oʻz tajribalarini «Ocharchilik» asarida aks ettirdi va bu kitob unga Nobel mukofotini olib keldi.
Hayotda uchraydigan muammo va qiyinchiliklarning oʻzi katta ahamiyatga ega emas, muhim jihati – insonning ularga qanday munosabatda boʻlishidir. Charlz Dikkensning javobsiz muhabbati uni ezib tashlamadi, balki dunyo adabiyotida mashhur boʻlgan «Devid Kopperfild» romanini yaratishga turtki boʻldi. Shu asar orqali u nafaqat adabiyotda, balki moliyaviy jihatdan ham yuksak muvaffaqiyatga erishdi.
Inson hayotda oʻzini topguncha koʻplab sinovlar, magʻlubiyatlar va tushkunliklarni boshidan kechiradi. Ammo bu qiyinchiliklar ortida yangi imkoniyatlar yashiringan boʻladi. AQSh prezidenti Garri Trumenga uning doʻkoni kasodga uchraganini aytganlarida, uning kelajakda prezident boʻlishini tasavvur ham qilmagan edilar.
Biz uchun muvaffaqiyatsizliklar, magʻlubiyatlar va tushkunliklar – haqiqatda baxtga yoʻl ochuvchi sinovlardir. Ular ongimizdagi salbiy fikrlarni ijobiy tafakkur bilan almashtirishga majbur qiladi.
Shunday voqealar ham boʻladiki, inson hayotda umuman kutilmagan holat orqali katta muvaffaqiyatga erishadi. Masalan, bir geolog butun umri davomida oltin qidirgan, ammo uning sadoqatli xachiri tasodifan chuqurga tushib ketib, oyogʻi sinadi. Geolog xachirni qutqarishga harakat qilib, misga boy konni kashf qiladi.
Shunday ekan, hayotdagi har qanday qiyinchilik va sinovlar ortida katta imkoniyatlar yashiringan boʻlishi mumkin. Agar siz biror tushkunlikka duch kelsangiz, bu vaziyat sizni muvaffaqiyat sari yoʻnaltiruvchi imkoniyat ekanini unutmang.
Esda tuting: Hammasi – yaxshilikka!
(Napoleon Xill kitobidan)
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar