Liverpul shahrida davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yurtimiz vakilari o‘z yo‘llarini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda. Kunning to‘rtinchi finalida ringga ko‘tarilgan Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov ham muxlislar umidini oqladi.
-60 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi bahsda Xalokov braziliyalik Luiz Oliveiraga qarshi to‘qnash keldi. Jangda o‘zbek sportchisi tayyorgarligi va tajribasi bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi. U oxirgi raundlarda davom eta olmagan bo‘lsa-da, ochkolar bo‘yicha sezilarli ustunlikka ega edi va hakamlar uning g‘alabasini qayd etdilar. Shu tariqa, Abdumalik 2023-yildan keyin yana bir bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritib, o‘zini ikki karra chempion sifatida tarixga yozdi.
Eslatib o‘tamiz, u 2021-yilda ham jahon chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Shunday qilib, bokschimiz nafaqat o‘zini, balki butun yurtdoshlarini yana bir bor quvontirdi.
Bu g‘alaba natijasida O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy hisobda beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bundan oldin Fazliddin Erkinboyev birinchi oltinni yurtimizga olib kelgan bo‘lsa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi, Javohir Ummataliyev uchinchi, To‘rabek Habibullayev esa to‘rtinchi oltinni yutib bergandi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ham sportchilarimiz 3 ta bronza bilan munosib ishtirok etishdi.
Boks. JCH-2025. Final. 14 sentyabr
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Luiz Oliveira (Braziliya) – 5:0
Kun davomida Navbahor Hamidova (Qozog‘iston), Akmaljon Isroilov (Angliya) va Jahongir Zokirov (Qozog‘iston) ham oltin medal uchun jang qiladilar. Shu tariqa, O‘zbekiston boks delegatsiyasi jahon chempionatida yanada yuqori marralarni ko‘zlamoqda.
Finaldagi natijalar bilan tanishing:
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Yuri Reis (Braziliya) 4:1
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Yojerlen Sezar (Fransiya) – 5:0
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev - Isaias Ribeiro (Braziliya) – 5:0
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Luiz Oliveira (Braziliya) – 5:0
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!