date

G‘azoda hujumlar davom etmoqda

G‘azoda hujumlar davom etmoqda
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh bilan munosabatlar hech qachon bunchalik kuchli bo‘lmaganini aytdi. U bu fikrni Quddusda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv chog‘ida bildirdi.

Rubio esa Prezident Donald Tramp Isroilning Qatardagi hujumidan norozi bo‘lganini aytdi, biroq AQSh–Isroil aloqalari mustahkamligini ta’kidladi. Qatar bu hujumni qoralab, Arab-islomiy sammit chaqirishini e’lon qildi.

Isroil armiyasi G‘azo shahrida uylarni bombardimon qilishni davom ettirmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, o‘nlab turar-joy binolari vayron qilingan, yuz minglab odamlar janubga ko‘chishga majbur bo‘lmoqda.

Falastin sog‘liqni saqlash idorasi so‘nggi hujumlarda ko‘plab odam halok bo‘lganini ma’lum qildi. BMT esa G‘azoda ahvol yanada og‘irlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda hujumlar davom etmoqda