date

"Manchester Siti" derbida yirik hisobda zafar qozondi

"Manchester Siti" derbida yirik hisobda zafar qozondi

Angliya Premer-ligasining 4-turida futbol ixlosmandlari katta qiziqish bilan kutgan markaziy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Manchester derbida “Etihad” stadionida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va javobsiz 3 ta gol urgan holda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Fil Foden hisobni ochdi va jamoasiga muhim ustunlik olib keldi. Ikkinchi bo‘limda esa Erling Holand o‘zining odatiy golchilik mahoratini namoyon qildi — norvegiyalik hujumchi 53 va 68-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dublga erishdi. Jeremi Dok-u esa maydonda eng samarali o‘yinchilardan biri bo‘lib, ikki golli pasni amalga oshirdi.

“Shaharliklar” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov butun bahs davomida harakat qilib, jamoa mudofaasida eng ishonchli futbolchilardan biri sifatida ko‘rsatkichini yana bir bor isbotladi. Uning faolligi va tinimsiz o‘yini “Siti”ning qo‘rqinchli hujumlarini muvaffaqiyatli yakunlashida katta ahamiyat kasb etdi.

Shu bilan birga, bu derbi Janluijji Donnarumma uchun Angliya Premer-ligadagi ilk bahs bo‘lib qoldi. Italiyalik darvozabon o‘z debyutini yirik g‘alaba bilan eslab qoldi.

Natijada Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 6 taga yetkazib, turnir jadvalida 8-pog‘onaga ko‘tarilishdi. “Manchester Yunayted” esa 4 ochko bilan 14-o‘ringa tushib ketdi.

APL. 4-tur

Manchester Siti — Manchester Yunayted 3:0

14 sentyabr, «Etihad»

Gollar: Foden (18), Holand (53, 68).

Manchester Siti: Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O’Rayli, Rodri (Niko, 76), Silva (Ake, 88), Reynders, Foden, Dok-u (Savinio, 76), Holand (Bobb, 88).

Manchester Yunayted: Bayindir, Mazraui (Maynu, 62), De Ligt, Yoro (Maguayr, 62), Shou, Amad, Ugarte (Kazemiro, 80), Fernandesh, Dorgu, Mbeumo, Sheshko (Zirkze, 80).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" derbida yirik hisobda zafar qozondi