date

AQShda immigrant haydovchilarga qarshi kamsitishlar

AQShda immigrant haydovchilarga qarshi kamsitishlar
Florida shtatida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada uch kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasini Hindistondan kelgan haydovchi Harjinder Singx boshqargan. U hozir qamoqda va unga qotillik ayblovi qo‘yilgan.

Bu hodisadan keyin AQShdagi hindistonlik haydovchilarga bosim kuchaydi. Ularning ayrimlari ayrim shtatlarga borishdan qo‘rqmoqda, ba’zilari esa yo‘lda haqorat va tahqirlarga duch kelmoqda.

Hindistonlik haydovchilar AQSh yuk tashish sohasida katta ulushga ega. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 750 mingdan 150 ming nafari yuk mashina haydovchisi sifatida ishlaydi.

Mutaxassislar bir kishining xatosi butun jamoaga taalluqli bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, muammoni hal qilish uchun til bilish va litsenziya qoidalari adolatli tartibga solinishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda immigrant haydovchilarga qarshi kamsitishlar