“O‘g‘lim o‘smir yoshida bo‘lsa ham haligacha tirnog‘ini tishlaydi. Unga bu xunuk ko‘rinadi deb bir necha marta tushuntirishimga qaramay bu yoqimsiz odatini tashlamayapti. Maslahat bering”,– deyiladi tahririyatimizga kelgan maktublardan birida.
«O‘zim bilmagan holda tirnog‘imni tishlayveraman. Bo‘ldi ertadan bunday qilmayman deb necha marta o‘zimga va’da beramanu, yana beixtiyor qo‘lim og‘zimga ketib qolaveradi. Yaqinda ko‘pchilikning oldida shuni deb uyalib qoldim. Nima qilsam butunlay bu odatdan qutulaman?»– deb yozadi ikkinchi maktub egasi deyiladi "Mulohaza" nashrida.
Tirnoqlarni tishlash tibbiyotda onixofagiya termini bilan ataladi. 3-10 yoshli bolalarning 30 foizi onixofagiyaga moyil bo‘lsa, o‘smirlar orasida esa u 45 foizni tashkil etadi. Bu aslo madaniyatsizlik belgisi emas, uning ildizlari ruhiyat bilan bog‘liq.
SABABLARI:
Bola o‘zini kuchsiz yoki himoyasiz his qiladi, jamoada o‘z o‘rniga ega emas, u stressga tushgan. Maktabda yoki uydagi muhitda u asabiy zo‘riqishga duch kelayapti, ketma-ket tanqidga uchragani uchun o‘zini qo‘yishga joy topolmay, alamidan shu odatga berilib ketadi.
O‘ziga ishonchi past. U tanbeh eshitaverib, o‘zini etarlicha baholay olmaydi. Doimiy aybdorlik xissidan qiynalish ham tirnoq tishlashga sabab bo‘ladi.
U o‘zidagi norozilikni, ichki kechinmalarini atrofdagilar bilan bo‘lisha olmayapti. U ichidagi gaplarini eshitadigan mehribon suhbatdoshga muhtoj.
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, bola onixofagiyani ba’zida ota-onasidan o‘zlashtiradi. Uyda ota yoki onaning tirnoq tishlashi bolada ham shu odatni rivojlantiradi. So‘rovlarda bolalar uyda bobo, buvisidayam bu yoqimsiz odat borligini e’tirof etishgan.
Jazolanishdan qo‘rqish ham bolani shunday yo‘l tutishga undaydigan sabablardan biri ekan. Ayrim ota-onalar bolani tirnoq tishlagani uchun jazolab, unda bu odatni yo‘qotishga emas, balki kuchayishiga sababchi bo‘lib qolar ekanlar.
Bu odatni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilingach, davolash ikki usulda olib boriladi. Buning uchun albatta psixolog yordami kerak bo‘ladi. Chunki bu narsani davolash ruhiy holatni yaxshilash bilan chambarchas bog‘liq. Bolada qo‘rquv, yolg‘izlik hislarini yo‘qotish lozim. Shu odati uchun bolani qattiq tanqid ostiga olish yaramaydi.
Tibbiy usul bilan davolash. Tibbiy vositalardan asabni tinchlantiruvchi choylar tavsiya qilish mumkin.
Qizlarda bu odat o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Bu odatga o‘rgangan bolalarda infeksiyaga chalinish xavfi yuqori. Onixofagiya bakteriya, virus va eng yomoni gijjalarning organizmga kirishi uchun yo‘l ochadi. Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari ham bunday odatdan aziyat chekadi. Qo‘l orqali og‘izga tushgan infeksiya stomatit, faringit, angina kasalliklari xavfini oshiradi.
BU ODATDAN QUTULISh YO‘LI
Diqqatni chalg‘itish uchun bolalarni sport mashg‘ulotlariga berish mumkin. Bolaning yoniga o‘zi bilan birga olib yurish mumkin bo‘lgan egulik solib qo‘yiladi. U tirnoq tishlagisi kelganida shu ezguliklarni eb chalg‘iydi. Dorixonalarda sotiladigan maxsus tirnoq bo‘yog‘i ham bu borada yordam bera oladi. Chunki uning tarkibida achchiq modda mavjud bo‘lib, qiz bola tirnog‘ini tishlaganida o‘sha ta’m unga yoqmaydi va u o‘z-o‘zidan bu yoqimsiz odatini tashlaydi.
Psixolog Shahnoza Sagdullaeva tavsiyalari asosida Zuhra tayyorladi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi