O‘z jazosini o‘tagan o‘smirlar “sudlangan” deb sanalmaydi

1 daqiqa o'qish144
O‘z jazosini o‘tagan o‘smirlar “sudlangan” deb sanalmaydi

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik tizimi yanada yumshatildi. Bu haqda 23 oktyabr kuni qabul qilingan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish to‘g‘risida”gi qonunda belgilandi, deb xabar berdi rasmiy manbalar.

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, 18 yoshga to‘lguncha jinoyat sodir etib, jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgan shaxslar endi sudlanmagan hisoblanadi. Bu norma o‘smirlarning keyingi hayotiga dog‘ tushirmaslik va jamiyatga qayta moslashish imkonini berishga qaratilgan.

Biroq qonunning bu tartibi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlarga hamda jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin yana jinoyat qilganlarga taalluqli emas.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar uchun ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etishning minimal muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

Ma’lumot uchun, mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 4 iyulda qabul qilingan va Senat tomonidan 2025 yil 1 avgustda ma’qullangan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarishlar jazoni o‘tagan o‘smirlarni hayotga qaytarish va ularga ikkinchi imkoniyat berishni maqsad qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?