date

Sog‘liq uchun xavfli ozish dorilari musodara qilindi

Sog‘liq uchun xavfli ozish dorilari musodara qilindi
Notempton shahrida noqonuniy ozish dorilarini ishlab chiqaruvchi birinchi zavod aniqlanib, butunlay yopildi. Bu operatsiya Britaniya sog‘liqni saqlash mahsulotlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, dunyo bo‘yicha eng yirik noqonuniy dori musodarasi sifatida qayd etildi.

Zavoddan o‘n minglab kimyoviy xomashyo va mijozlarga yuborilish arafasida bo‘lgan 2 mingdan ortiq litsenziyasiz Retatrutide va Tirzepatide nomli ozish dorilari topildi. Mutaxassislarning aytishicha, bu dorilar sinovdan o‘tmagan, xavfli va sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Jinoyatga qarshi kurash bo‘limi rahbari Endi Morlingning so‘zlariga ko‘ra, bu tarmoqni to‘xtatish orqali o‘n minglab odamlarning hayoti xavfdan saqlab qolingan. U bunday noqonuniy mahsulotlar global bozorda katta daromad keltirayotganini, biroq sog‘liq uchun xavfli ekanini ta’kidladi. Hukumat vakillari buni “odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ygan jinoyatchilarga qarshi muhim g‘alaba” deb atadi.

Mutaxassislar aholiga internet orqali dori xarid qilishda ehtiyot bo‘lishni, faqat ro‘yxatga olingan dorixonalardan dori olishni maslahat bermoqda. Rasmiylar “shifokor tavsiyasisiz olingan dori sog‘liq uchun katta xavf tug‘diradi”, deya ogohlantirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sog‘liq uchun xavfli ozish dorilari musodara qilindi