“Sanjik” aldov bilan sotilgan uyni bolalar uyiga ehson qildi

1 daqiqa o'qish449
“Sanjik” aldov bilan sotilgan uyni bolalar uyiga ehson qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markazida bo‘lgan holat bo‘yicha bloger va tadbirkor Sanjar Karimov (tanilgan taxallusi “Sanjik”) kutilmagan qaror qabul qildi. U aldov bilan sotib olingan deb hisoblangan uyni bolalar uyiga ixtiyoriy ehson sifatida topshirdi. Bu haqda bloger o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Sanjikning ta’kidlashicha, jamoatchilikning ko‘p qismi voqeaga faqat shov-shuv nuqtayi nazaridan yondashmoqda, ammo hech kim jabrlanuvchiga amaliy yordam ko‘rsatishni taklif etmayapti.

“Biz kattalar va ulamolar bilan maslahatlashib, uyni bolalar uyiga topshirish haqida qaror qildik. Davlat nomiga notarial tartibda ehson sifatida hadya etamiz. Bu hammamiz uchun saboq bo‘lsin”, — dedi bloger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili ehson va zakot berib keladi va 2025 yil uchun shu uyni bolalar uyiga topshirish orqali xayr-ehson qilishni ma’qul ko‘rgan.

“Yetim bolalarga boshpana va mehr kerak. Ular ham baxtli yashashga haqli”, — dedi Sanjik.

Mutaxassislar bu qarorni ijtimoiy mas’uliyatning yorqin namunasi sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?