Parkentda Cobalt 9 yoshli bolani urib, sudrab ketdi

1 daqiqa o'qish199
Parkentda Cobalt 9 yoshli bolani urib, sudrab ketdi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Hodisada 9 yoshli bola jarohat olgani haqida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 18 oktyabr kuni soat 11:00 atrofida D-015 (“Qiziltog‘ – Parkent – Yangi bozor”) yo‘lining 57-chaqirig‘ida sodir bo‘lgan. 39 yoshli haydovchi X.D boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada bola tan jarohati olgan va tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror, shifokorlar kuzatuvida davolanmoqda.

YHXB ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “bola halok bo‘ldi” degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, hodisada Damas avtomobili haydovchisi ham qatnashgani qayd etilgan. Voqea bo‘yicha Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari fuqarolardan rasmiy manbalar orqali aniqlangan ma’lumotlarga ishonishni so‘ramoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?