date

Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?

Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?

Odamlar orasida suvni faqat bir marta qaynatish kerak, uni 2–3 marta qaynatish saratonga sabab bo‘ladigan dioksin kabi zaharli moddalar ajralishiga olib keladi, degan gaplar tez-tez aytiladi.

Bu fikr ko‘pchilikni xavotirga soladi, ayniqsa sog‘lig‘iga e’tiborli insonlar bunday ogohlantirishlarni jiddiy qabul qiladi. Ammo mutaxassislar tushuntirishicha, oddiy maishiy sharoitda suvni qayta qaynatishning o‘zi dioksin hosil qilmaydi. Dioksinlar, odatda, yuqori haroratli sanoat jarayonlari, chiqindi yoqish yoki kimyoviy ishlab chiqarish bilan bog‘liq holatlarda paydo bo‘ladi. Choynakda suv qaynashi esa bunday jarayon hisoblanmaydi. Qaynatish vaqtida suvning bir qismi bug‘lanadi, xolos. Lekin suvni juda ko‘p marotaba qaynatib, hajmini ancha kamaytirib yuborish undagi mineral tuzlar va ayrim qo‘shimchalar konsentratsiyasini oshirishi mumkin.

Shu sababli suvni qayta-qayta soatlab qaynatib turish emas, balki toza ichimlik suvidan foydalanish, choynakni vaqt-vaqti bilan tozalash va suv sifatini nazorat qilish muhimroq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Suvni qayta-qayta qaynatsa nima bo‘ladi?