Yaponiyalik shifokor Xinoxara Sigeaki o‘limidan bir necha oy oldin ham mijozlarni davolashni davom ettirib, kuniga 18 soat ishlagan. AdMe yaponiyaliklarning nima sababdan uzoq umr ko‘rishi borasidagi asosiy prinsiplarini ma’lum qildi.
1. Hayotning eng muhim jihati — sizning o‘zingizni o‘rab turgan atrofga qo‘shgan hissangiz
«Kunni nimadir yaratish ishtiyoqi bilan boshlash juda muhim, axir har bir lahza — bu boshqalar uchun ajoyib narsa qilish imkoni-ku. Masalan, Amerikalik aktrisa va rejissyor Anjelina Joli BMTda ko‘nggilli elchi sifatida ishlaydi va o‘z hayotining sezilarli qismini xayriya ishlariga sarflaydi».
2. Qat’iy ovqatlanish tartibi va uyqu haqida kamroq qayg‘uring hamda ko‘proq xursand yuring
«Bolalik paytimizda boshqa ishlar sabab ovqatlanish va uxlashni unutib qo‘yardik. Ulg‘ayganda ham hayotga bo‘lgan ishtiyoqni aynan shu holda saqlab qolish kerak».
3. Ishlashdan to‘xtamang. Hech bo‘lmagandan kamida 70 yoshga qadar
«Yarim asr oldin Yaponiyada aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 68 edi va nafaqaga 64 yoshdan chiqilishi aqlli qaror hisoblanardi. Hozirda ushbu raqam 84 ga ko‘tarilgan, o‘z ishingizni erta tark etish — o‘z hayotingizni bilib turib qisqartirishdek gap».
4. Uzoq yashay desangiz ortiqcha vazn yig‘mang
«Men nonushtaga apelsin sokini bir osh qoshiq zaytun yog‘i bilan birgalikda ichaman — bu qon tomirlarni mustahkamlaydi. Tushlikka esa sut va pechene yeyman. Kechki ovqatga meva, ozgina baliq va guruch iste’mol qilaman. Haftada ikki marta 100 grammdan yog‘siz go‘sht yeyman. Ko‘pincha bandligimda och qolishga vaqtim bo‘lmaydi».
5. Shifokorlarning gapiga ko‘r-ko‘rona ishonib ketavermang
«Ko‘pincha shifokorlar mijozlariga o‘zlari hech qachon amal qilmagan narsalarini maslahat beradi. Jiddiy davolanishga qaror qilishdan oldin, to‘liq ishonch bildirish mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisingizni toping».
6. Bor diqqatingizni og‘riqqa qaratib uni og‘irlashtirmang
«Bizni og‘riqdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu rohatlanish. O‘zingizni rohatlanishdan tiymang. Kasallik ichiga kirib ketmang va doim chiqish yo‘lini izlang».
7. Doim zina orqali ko‘tariling
«Mushaklarni mashq qildirish imkoniyatidan doim foydalanish kerak — ortiqcha piyoda yuring yoki mahsulotlarni uyga qadar ko‘tarib boring».
105 yoshgacha yashagan shifokor Xinoxara Sigeaki hayotining so‘nggi kuniga qadar ishlagan va hayotimiz — bu birinchi navbatda nimadir yaratishdan iborat ekanligiga ishongan.
Manba: «Daryo.uz» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...