date

Toshkentda «Li 9» bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkentda «Li 9» bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan «Lixiang L9» avtomashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 30 sentyabr kuni soat 01:00 atrofida Mustaqillik shoh ko‘chasi 42A uy yonida sodir bo‘lgan. «BYD» va «Lixiang L9» rusumli avtomobillar to‘qnashib, YTH qayd etilgan.

Hodisa natijasida «Lixiang L9» haydovchisi shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam bilan ta’minlangan.

Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Li 9» bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi