
Bu uchun birdan butun auditoriyaga qaramasdan butun diqqatni bir kishiga qaratish kerak. Sizning ko‘zingizga qarayotgan kishini tanlang. U bilan tomoshabin aloqasini o‘rnating. Bir qancha vaqt o‘tgach, boshqa tinglovchilar bilan ham aloqa o‘rnating. Bu endi osonroq bo‘ladi, sababi ko‘proq inson sizga qarab turadi.
Nega bu texnika ishlaydi
Bizni e’tibor jalb qiladi
Ayniqsa, u sizga yo‘naltirilgan bo‘lsa. Agar siz kimningdir ko‘ziga qarasaniz, boshqalar birovga e’tibor qaratayotganingizni sezishadi. Ular sizni kuzata boshlashadi. Birinchidan, siz nima qilayotganingizni bilish uchun, ikkinchidan, sizning e’tiboringizni qozonish umidida.
Biz anglamagan holda yaqinroq bo‘lamiz
Tomoshabin bilan aloqa – kuchli vosita. Qachonki siz kimningdir nigohini qabul qilsangiz, siz xuddiki o‘sha inson bilan hamkorlik qilish va birgalikda harakat qilishni taklif etgan bo‘lasiz. U esa darhol sizning so‘zingizga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Bu usuldan siyosatchilar va notiqlar foydalanishadi.
Bu texnikadan foydalanishni qanday o‘rganish mumkin
Bu bilimni egallash uchun o‘z diqqatingizni nutq vaqtida o‘zgartirib turishingiz kerak. Keyingi chiqishga tayyorlanish davomida tomoshabin bilan aloqa o‘rnatishni xonaning turli buyumlariga qarab mashq qiling. Masalan, stul yoki javon bilan “muloqot” qilishga urinib ko‘ring.
Xonaning o‘ng va chap tomoni bilan yoki yaqin va uzog‘i bilan almashib ishlab ko‘ring. Sababi nutq davomida faqat oldinda o‘tirganlarga qarab o‘tirmaysiz.
Vaqt o‘tgani sayin bu texnikani qo‘llashda qiynalmaysiz. Bu haqida o‘ylashni bas qilib, avtomatik ravishda ishlashga kirishasiz. O‘shanda notiqlikning o‘zidan zavq ola boshlaysiz.
Manba: Like It “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar