AQSh prezidenti Donald Tramp Hamas garovdagilarni ozod qilishga va uning tinchlik rejasi bo‘yicha ayrim shartlarga rozi bo‘lganidan so‘ng, Isroildan bombardimonni to‘xtatishni talab qildi. Shunga qaramay, G‘azoda havo hujumlari davom etib, bir nechta odam halok bo‘ldi.
Yevropa rahbarlari bu vaziyatni “tinchlik uchun imkoniyat” deb baholamoqda. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron zudlik bilan sulh va garovdagilarni ozod qilish zarurligini ta’kidladilar.
Buyuk Britaniya, Ispaniya va Irlandiya ham Tramp tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ular janglarni to‘xtatish, insonparvarlik yordamini kiritish va Falastin xalqi uchun adolatli yechim topish kerakligini aytishdi.
Kanada va Avstraliya ham rejaga ijobiy munosabat bildirdi. Ular barcha tomonlarni amaliy choralar ko‘rishga chaqirib, ikki davlatli yechim asosida barqaror tinchlikka erishish zarurligini qayd etdilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!