14:31 / 05.09.2017
8 950

Marketing-kit — nima o‘zi u?

Marketing-kit — nima o‘zi u?
Marketing-kit — bu qistirilgan qog‘ozlar yoki yaltiroq suratli chiroyli jurnallar ham emas. U — transformer, sayt va tijorat taklifi ko‘rinishida bo‘ladi. Marketing-kit yaroqsiz holga kelmasligi uchun unda nima bo‘lishi kerak? Quyida ma’lumot beramiz:

1. Deskriptor – mijozning aynan qaysi ehtiyojini ta’minlashingiz haqida juda qisqa va aniq tushuncha.

2. Kompaniya haqida axborot: “Bolakay, sen kimsan?” Ishonch, mavqe va afsonalar faqat o‘zingiz haqingizdagi qisqa matnda emas, balki unga mos narsalar bilan ham tavsiflanadi.

Agar siz musiqa maktabi bo‘lsangiz, masalan, Gnesinkaga (umumiy musiqa o‘quv muassasalarining norasmiy nomi, Rossiyadagi musiqa akademiyasi) birlasha olasiz. Bu o‘zingiz haqingizda tushunarli gapirish uchun hammaga imkoniyat beradi. Maqsadga erishishning yana bir usuli, raqamlarda kompaniya haqida gapirish: 10 yildan buyon bozorda, 35 mutaxassislar, 1000 ta yetkazilgan yuklar.

3. Kalitlar: natijalar ko‘rinishidagi sarlavha, rasmlar, fikrlar. Bu istalgan sohada ish beradi. “851 000 rubl evaziga havo sharida 1 kunlik sayohat”. Xo‘sh, foyda beradimi? Albatta.

4. Muammoli sahifa: “5 ta asosiy xato”, “7 xil adashish” kabilar. Bu orqali siz mijozning kechinmalarini uyg‘otasiz: u bunday muammo bilan yuzma-yuz keladiganlarning 95 foizidan biri. Hissiy kuch haqida ham unutmang, xizmat qanchalik murakkab bo‘lsa, uni ta’sir qilishi ham shunchalik qiyin bo‘ladi. Shu sabab ko‘proq hissiyot kerak: “Siz hayotingizni shunday kuchuklarsiz o‘tkazasiz…”

5. Kompaniyani nima ajratib turadi. Bu yerda arzimas narsalar o‘ylab topmasdan, aniq narsalar haqida gapirish kerak. Agar sizda eng katta avtoturargoh bo‘lsa – juda yaxshi, agar shunchaki sariq rangli avtomobilingiz bo‘lsa – buni alohida xususiyat deb bo‘lmaydi.

6. Bu qanday ishlaydi. Agar sizda maqtashga arzirli mantiqiy tizim bo‘lsa, uni izohlang.

7. Ideal mijozning portreti. Buning muhimligi shundaki nafaqat mijoz sizni, siz ham uni tanlaysiz. Shveysariya soati uchun Shanxayda buyurtma bermasangiz kerak?

8. Biz bilan allaqachon … Siz bu sarlavha ustida ish boshlayotgan ekansiz haqiqatdan nufuzli kompaniya birga ekanligini tanlang.

9. Offer – yuqorida aytilganlarni rad etib bo‘lmaydigan sizning taklifingiz.

10. Harakatga chorlash: qo‘ng‘iroq qil, yoz, tashrif buyur va boshqa call to action vositalari. Mijoz bilan ayol kishi bilan muomala qilgandek gaplashish kerak, unga “Biror nima kerak bo‘lsa qo‘ng‘iroq qilarsan” deyilmaganidek, mijozga ham “Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling” deyish kerak.

11. Sizning hujjatlaringiz. Barcha sertifikat, diplom va tashakkurnomalarni taqdim eting. Hech qachon ularni soxtalashtirmang.

12. Siz haqingizdagi nashrlar – gazeta, jurnallar, internet nashrlardagi maqolalar. Imkon qadar ularni qiziqarli faktlar bilan bering. Aktyor Di Kaprio filmda suratga tushgan orolni sotish, chiroyli ofisni sotishdan ko‘ra osonroq, shundaymi?

13. Kompaniya kontaktlari.

Marketing-kitda nima bo‘lmasligi kerak?

Narxlar ro‘yhati
. U xaridor sizning taklifingizga ko‘ngach taqdim etiladi.

Marketing-kitni uchrashuvlarga kelmaydigan kishilarga yuboring, uni doim o‘zingiz bilan olib yuring. Va eng so‘ngisi, uni butunlayga bermang, ko‘rib bo‘lishgach qaytib oling. Chunki u qimmatli hujjat.

Manba: Like It

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Marketing-kit — nima o‘zi u?