Halollik, fikrni qisqa va lo‘nda ifodalash, shuningdek suhbatdoshni tinglay olish yaxshi muloqot garovidir. "Gaplashib olishimiz kerak" kitobi muallifi, radioboshlovchi, jurnalist Selesta Xudli boshqalar bilan muloqot davomida yordam beruvchi qoidalari bilan bo‘lishdi.
1. Chalg‘imang
Bu shunchaki telefon yoki planshetni olib qo‘yish kerakligini bildirmaydi. Hozirgi lahzalardan zavq olishni o‘rganing. Rahbaringiz bilan urushib qolganingiz yoki kechki ovqatga nima tayyorlash borasida bosh qotirmang. Suhabtni tugatmoqchi bo‘lsangiz, shunday qiling, biroq o‘z xayollaringizga berilib, suhbatni davom ettirmang.
2. Shaxsiy fikringizni boshqalarga singdirishga urinmang
Agar javob yoki tanqidsiz o‘z nuqtai nazaringizni bayon qilmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy blogingizni yuriting. Muloqotni suhbatdoshdan nimadir o‘rganishga umid qilib boshlash kerak. Teleboshlovchi Bill Nayning aytganidek: "Tanishgan har bir odamingiz siz bilmaydigan biror narsani biladigan bo‘ladi". Suhbatdoshni haqiqatda tinglash uchun shaxsiy qarashlaringizni vaqtinchalik bir chetga surib turishga harakat qiling.
3. Batafsil javob talab qiluvchi savollar bering
Savolni "Kim?", "Nima?", "Qayerda?", "Qanday qilib?" va "Nima uchun?" so‘zlaridan boshlang. Aks holda suhbatdoshingiz faqat "ha" yoki "yo‘q" deb javob beradi. Biror voqea yoki hissiyot haqida batafsil ma’lumot so‘rang. Suhbatdoshingiz o‘ylanib qoladi, javob esa qiziqarli bo‘ladi.
4. Muloqotning borishini kuzating
Ko‘pincha miyamizga qandaydir fikr keladi va biz bir muddat suhbatdoshni tinglamay qo‘yamiz, o‘zimiz so‘raydigan savol borasida o‘ylanib qolamiz. Ba’zan shunday bo‘ladiki, savolimiz bundan oldin suhbatdoshimiz gapirgan gaplarini takrorlaydi. Shunday bo‘lmasligi uchun turli fikrlarni qo‘yib yuborishni o‘rganing. Ular keladi va ketadi, bunday fikrlarga yopishib olmang.
5. Bilmaydigan narsangizni "bilmayman" deng
Radioboshlovchilar o‘zlari yaxshi tushunmaydigan sohada ekspertdek ko‘rinmaslik uchun nutqlarini diqqat bilan nazorat qilishlari kerak bo‘ladi. Shu qoidaga rioya qilishga harakat qiling. Ortiqcha so‘zlardan saqlaning. Yaxshisi oldindan "sug‘urtalangan" ma’qul.
6. O‘z tajribangizni suhbatdoshingiz tajribasi bilan taqqoslamang
Agar suhbatdoshingiz yaqin insonini yo‘qotgani haqida so‘zlayotgan bo‘lsa, siz ham buni boshdan kechirganingizni aytmang. Ishdagi muammolari haqida gapirsa, o‘z rahbaringizni yomonlab ketmang.
O‘z tajribangizni boshqa bir inson tajribasiga taqqoslamang, hech qachon bir xil holat bo‘lmaydi. Asosiysi - hozir gap siz haqingizda borayotgani yo‘q. Naqadar ajoyib insonligingizni isbotlashga urinib, e’tiborni o‘zingizga qaratmang.
7. Takrorlanmang
Bu juda g‘alati va zerikarli, biroq ko‘pchilik shunday qiladi. Ayniqsa, ishxonadagi suhbatlar chog‘ida yoki bolalar bilan muloqot qilinganda. Biz qandaydir tasavvurni yetkazishga harakat qilamiz, shuning uchun uni qayta-qayta takrorlaymiz. Bunday odatdan xalos bo‘lishga harakat qiling.
8. Tafsilotlar borasida chuqurlashmang
Aniq sanalar, ism yo familiyalar va shu kabi boshqa mayda detallar odamlarni u qadar qiziqtirmaydi. Ularga sizning qanday insonligingiz qiziq. Shunday ekan, ortiqcha tafsilotlarga berilmang.
9. Tinglang
Bu muloqot uchun eng muhim ko‘nikma. Albatta, gapirish oson va yoqimli. Tinglash uchun esa sa’y-harakat talab qilinadi, energiya sarf qilinadi. Biroq busiz haqiqiy maroqli suhbat qurib bo‘lmaydi.
10. Qisqa va lo‘nda gapirishga odatlaning
Bunga izoh berishga hojat ham yo‘q.
Bu qoidalarning barchasi bir narsaga bori qadaladi: odamlarga qiziqish bildiring. Suhbatlashing, tinglang va doim ajablanishga tayyor turing.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi