Qalban va jisman yalong‘ochlashayotgan ayollarimiz xususida
Qozoq internet olami Instagram-model hisoblangan Ayjon Bayzaqovaning qiliqlaridan larzaga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, ichki va ba’zan kiyimsiz ham tushgan rasmlari bilan tanilgan, yangi yil kechasi tungi klubda pul uchun kiyimlarni yechish bo‘yicha musobaqa o‘tkazgan bu qiz oldin namozxon bo‘lgan ekan. Bu qizning nega bunchalik o‘zgarib ketgani haqida internetda bahslar tinmayotir.
Har doimgidek, kimdir Ayjonning bu fahsh ishlarini qo‘llab-quvvatlasa, kimdir la’nat aytuvchilardan bo‘lib, uning bu qiliqlarini qoralab chiqayapdi.
Agar jamiyatda fahsh ishlarning yoyilishini tanqid qilganlarni tushunsak, ammo odob-axloq himoyachilarini hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan omadsizlar deyilishini qanday tushunish mumkin.
“U senga o‘xshamagan, u o‘qimishli va uning senga o‘xshaganlarga tupurgani bor! Sen o‘tirib o‘z vaqtingni sovuryapsan, senga o‘xshaganlarga achinaman! Hayoting dabdala bo‘lsa kerak...” mana Sharq ayollari “Ozodlikka” chiqishi kerak deb sanaydigan odamlarning odatdagi “dalili”.
Ayollarning bu tarzda ochilib ketayotgani faqat Qozog‘iston musulmonlarining muammosi emas. Yaqinda tataristonlik qo‘shiqchi ayol Rezida Ganiullinaning Bulg‘ordagi Oq masjid yonidagi “qorin raqsi” bilan tushgan klipi ham katta janjallarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda qo‘shiqchi ayol rostan nega uni hamma qoralayotganini tushunmayotganini aytib, o‘z raqsini “san’at mahsuloti”, deb aytgan edi. U uyalmasdan: “Men raqsga tushganimda uyalmayman, chunki bu mening tinmay qilgan mehnatim va ijodiy yutug‘imdir” degandi.
Agar siz bu kabi qabohatlar 70 yil ateistik mafkura rasmiy ravishda hukmron bo‘lgan sobiq ittifoq hududidagina “etnik muslima”lar tarafidan qilinayapti, desangiz xato qilgan bo‘lasiz. Mana yaqinda Misr sudi pop yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shiqchi Shimani fahshga da’vat etuvchi klipi uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi. Yaqin Sharq xalqlari ichidan chiqqan, glamur hayotning yulduzchalar ishtirokidagi bunday hodisalar to‘lib yotibdi.
“Ular tug‘ilganida bunday emasdi-ku?” degan haqli savol paydo bo‘ladi. Nega “yaxshi qizlar” bunchalik buzilib ketmoqda?
Buning sababi dunyo turgani kabi juda ko‘hnadir. Agar muqaddas kitoblarga murojaat qiladigan bo‘lsak, jamiyatda doim “gunohga talab” bor bo‘lganini bilib olamiz. Ya’ni, axloq-odobdan degan narsada og‘ish doim arzon shuhrat qazonishga va jamiyat saralari (elitasi) safidan joy olishga sabab bo‘lgan. Turkiy-musulmon muhitidan chiqqan Rudolf Nuriyevni bir eslang, u “orqa yo‘l (teshik)” yordamida G‘arb jamiyatining eng yuqori pag‘onalarigacha chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Kelib chiqishidan iymoni sust yoshlar nima qilsin? Ular shu yo‘l bilan jamiyatni o‘ziga qaratish yo‘lini tanlaydi-da. Xalqning instinktlari bilan o‘ynashish uchun bu qabohatni qilish juda oson.
“Omadli va muvaffaqiyatli” odamlar bilan qora xalq orasida jarlik o‘sib bormoqda va bu to‘siqni faqat o‘zidagi iste’dod bilan yengib o‘tish “jonini shaytonga sotish”dek oson emas.
Agar xolis aytadigan bo‘lsak, mo‘min odam eng “ilg‘or” tendensiya bo‘lib hisoblangan jamiyatni “ochib-sochib” tashlashga doim qarshi bo‘lgan. U doim eski tartib va abadiy qadriyatlar tarafdoridir. Shuning uchun ham, u zamonaviy “san’at asari” deya yalong‘och holda sahnaga yugurib chiqadigan holatlarni harom deb biladi. Shuning uchun ham iymoni buyurganidek yashashi uchun oz bo‘lsada jasorat ko‘rsatadi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda: “Kim oxirat hosilini istasa, Biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, Biz unga o‘shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bo‘lmas” (Shuaro surasi, 20) degan.
Bu dunyoning hashamati butun boshli xalqlarni ham aldab qo‘ydi va ular izsiz yo‘q bo‘lib ketishdi. Ko‘pincha, bu dunyoda shunday oson yo‘llarni tanlaganlarning qalblari qorayib, ifloslanib ketganini o‘zlari ham sezmay qolishadi, turmushlariga esa xotirjamlik kelavermaydi. Shu tarzda axloqiy qashshoqlik keladi va uning ortidan esa mavjudligidan norozilik paydo bo‘ladi.
Juda ko‘p hollarda, alal oqibat, bu hayotdan to‘yib ketganidan ular o‘zlarini o‘zlari o‘ldirib ham yuboradilar.
Biz so‘nggi so‘z o‘rnida yana muqaddas kitobimizga yuzlanamiz:
“Bu dunyo hayoti faqat o‘yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o‘sha haqiqiy hayotdir” (Ankabut surasi, 64).
Internet ma’lumotlari asosida
Abu Muslim tayyorladi
Manba: muslima.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi