
PSJ hujumkor yarim himoyachisi Desire Due "Loryan"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Liga 1 grandi 20 yoshli futbolchining jarohati haqida ma’lumot berdi, biroq uning maydonga qaytish muddati haqida hech narsa demadi.
Jurnalist Fabrice Hawkinsning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, PSJ Desire Duening yil oxirigacha yoki eng kechi bilan yanvar oyida safga qaytishiga umid qilmoqda. Ayni paytda PSJ Fransiya chempionatiga yetakchilik qilmoqda, biroq Luis Enrike jamoasi "Loryan"ni mag‘lub eta olmadi (1:1 hisobidagi durang).
Desire Due PSJ safiga 2024 yilning yozida qo‘shilgan edi. Shu paytgacha u 69 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 