
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatda ayollar futbolini rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan strategiyani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qizlar o‘rtasida musobaqalar sonini oshirish, xalqaro o‘yinlar va festivallarni tashkil etish orqali saralash jarayonini kuchaytirish vazifalari belgilandi.
Bu yondashuv yoshlar ayollar terma jamoalari uchun futbolchilarning sifatli tayyorlanishini ta'minlashga qaratilgan. Yig‘ilishda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati murabbiylarning amalga oshirgan ishlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari natijalari va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqdi.
Muhokamalar tanqidiy ruhda o‘tdi. Har bir yosh toifasi murabbiylari zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanishi, murabbiylar shtabida doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va yuqori malakali jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar ishlashi lozimligi ta'kidlandi.
Buning uchun murabbiylarni tayyorlash yo‘nalishini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yoshlar terma jamoalari har yili Osiyo Kubogi va Jahon Kubogida ishtirok etishga intilmoqda.
Ushbu musobaqalarda yuqori natijalarga erishish va avvalgi yutuqlarni takrorlash yoki yaxshilash uchun jismoniy tayyorgarlik, ilmiy tahlil va taktik yo‘nalishlar bo‘yicha kuchli murabbiylar zarur. Ayniqsa, ushbu yoshda futbolchilar rivojini ilmiy-analitik yondashuv yordamida o‘rganish va tahlil qilish muhim, dedi Ravshan Ermatov.
Shuningdek, U-15, U-16, U-18 va U-23 terma jamoalari bosh murabbiylarining mashg‘ulotlari tahlil qilindi. Futbolchilarni tanlash jarayonini kuchaytirish, ularning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini kompleks tarzda takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing