Flik: Barcelonaga hujumda samaradorlik yetishmayapti

Flik: Barcelonaga hujumda samaradorlik yetishmayapti
Barcelona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning hozirgi mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik sababini aniq biladi. Yakshanba kuni "koʻk-anorranglilar" "El-Klasiko"da Madridning "Real" jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.

Natijada turnir jadvalida "Real" bilan oradagi farq 5 ochkoga yetdi. Mundo Deportivo xabariga koʻra, Flikning fikricha, hozirgi "Barcelona"ning asosiy muammosi raqib darvozasi yaqinida samaradorlikning yetarli emasligidir.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda kataloniyaliklar Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritib, Chempionlar ligasida yarim finalgacha yetib borgan edi. Jamoa 2-noyabr kuni oʻz maydonida "Elche"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar