15:58 / 22.06.2018
18 574

Oziq-ovqatni isrof qilmaslik uchun foydali 10 maslahat

Oziq-ovqatni isrof qilmaslik uchun foydali 10 maslahat
Musulmonlar vegeterian emas. Lekin ba’zida vaqtinchalik vegeterian bo‘lamiz, ya’ni halol go‘sht topmasak sabr qilamiz. Buyuk Britaniyada musulmonlar omadli, oziq-ovqat do‘konlari va mahalliy bozorlarda halol mahsulotlar ko‘p. Ammo bu mahsulotlarni o‘zimiz yetishtirmaymiz, lekin mabodo yetishtirsak ham u sog‘ligimiz uchun tetiklashtiruvchi mashg‘ulot bo‘lar edi.

Masalan, eko-musulmon sifatida pomidor va boshqa sabzavotlarni yetishtirishni o‘rgansangiz, bu nou xau va sog‘lom turmush tarzi uchun samarali qadam bo‘ladi.

Parvardigorimiz sayyoralarni uyg‘unlik va muvozanat sharoitida yaratgan, har bir tirik jonni yetarli oziq bilan ta’minlagan. Alloh taolo yana odamlarga taqdim qilgan ne’mat – e’tiqoddir. Buni biz taom deb oladigan bo‘lsak, u hech kam-ko‘stsiz iste’mol qilinishi zarur. Biz yeyishni istamagan ovqatimizni isrof qilishimiz mumkin emas. Musulmonlar uchun Qur’ondan eslatma: “...Meva hosil qilganda, mevasidan tanovul qilingiz! Hosil yig‘ish kunida (muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringiz va isrof qilmangiz! Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi” (An’om, 141).

Oziq-ovqatni isrof qilmaslikning eng foydali usuli bu – kompost qutisini uyda yaratishdir. Kompost qutisi bu – keraksiz yoki muddati tugagan va achib qolgan ovqatlarni bitti katta qutiga yig‘ib qo‘yishdir. Qutidagi chiqindilar issiqda va uzoq muddatda tuproqni va o‘simlikni to‘yintirish uchun solinadigan organik moddaga aylanadi.

Reja:
  • Muddati tugagan oziq-ovqatlarni isrof qilmang, kompost qutisiga tashlang, qolganlarini qushlarga, baliqlarga maydalab berish mumkin.
  • Faqat o‘sha kun uchun yoki bir haftalik oziq-ovqat xarid qiling.
  • Odamlarning soniga qarab ovqat pishiring. Islomiy urf-odatlarga ko‘ra ovqatlanish asosini 3 ta narsa tashkil qiladi: 1 – ovqat, 2 – suv, 3 – havo. Qolgan ovqatlarni ertangi kunga saqlab qo‘ying.
  • Suvni shunchaki to‘kib tashlamasdan, o‘simliklaringizni sug‘oring.
  • Do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan ovqatlanganingizda energiya olasiz. Ko‘p odam yig‘ilganida energiyangiz kam sarflanadi, chunki sizga do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz yordam beradi. Kayfiyatingiz ham ko‘tariladi.
  • Po‘choqlar, tuxum qobiqlari, po‘stloqlar va qurtlar bilan kompost yig‘imi to‘plashni boshlang.
  • Ortiqcha meva yoki konservalangan oziq-ovqatliringizni boshqalarga yordam tariqasida tarqatishingiz mumkin.
  • Ro‘za tuting. Bu savob hamda sog‘liq uchun foydali.
  • Onlayn xaridlardan oqilona foydalaning. Ko‘tarib yurib sotiladigan ovqatlarni sotib olmang.
  • Taomni uyda pishirib yeng.

Inglizchadan Robiya JO‘RAQULOVA tarjima qildi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oziq-ovqatni isrof qilmaslik uchun foydali 10 maslahat