Garnachoning Chempionlar Ligasidagi noyob natijasi

Alejandro Garnacho Chempionlar Ligasi doirasida "Chelsi" safida o'zining ilk golini urdi. 21 yoshli argentinalik futbolchi bugungi "Qarabagʻ"ga qarshi uchrashuvning 53-daqiqasida gol kiritib, o'yin natijasini 2:2 holatida yakunladi.
Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Garnacho Chempionlar Ligasi tarixida 22 yoshga to'lmasdan turib ikki xil ingliz klubida gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchi sifatida qayd etildi. Bungacha u "Manchester Yunayted" tarkibida ham gol urishga erishgan edi.
Alejandro Garnacho o'tgan yozda "qizil iblislar"ni tark etib, "ko'klar" safiga qo'shilgan. London klubi safida u joriy mavsumda jami to'qqizta o'yinda ishtirok etib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Chelsi" jamoasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida to'rt turdan so'ng yetti ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.