Chet eldan kelgan olimlarni sayohatga olib chiqishdi. Oramizda bir guruh yevropaliklar – fransuzlar, belgiyaliklar, gollandlar ham bor edi. O‘zbekistondan uch kishi edik. Ular bilan gaplashib qoldik. Fransuz adabiyotidan, Gyugo, Balzak, Dyumalardan gapirdik. Gyugoning asari nomini fransuzchada aytdim: “Les Miserables“. Roman bosh qahramoni Janvaljanning arzimagan aybi bilan butun umri abgor bo‘lganini aytsam ulardan biri, yoshi katta ayol menga ajablangandek qaradi.
“Romanni boshdan-oyoq o‘qiganmisiz?” deb so‘radi.
“Ha, o‘qiganman!” dedim.
“Balki o‘zingiz qiziqib o‘qigandirsiz?”
Savoldagi ma’noni angladim. Hamma ham fransuz adabiyotini o‘qiyvermasa kerak?
“Umuman olganda jahon adabiyoti – inglizlar, ruslar, lotin Amerikasi…
“Tolstoychi? Dostoyevskiychi?” so‘radi o‘sha fransuz ayol.
Keyin ikki sherigim ham qo‘shilishdi. Mendan yoshi kattaroq akamiz fransuz adabiyotidan tashqari Tolstoy asarlarini ko‘p o‘qiganini gapirib qoldi. Tengdosh hamkasbim ham chet elda ilmiy ish qilayotganida inglizcha romanlar o‘qiganidan gapirdi.
“Biz mikrobiologiya, molekulyar genetika va biologiya bilan shug‘ullanamiz, adabiyotchilarimiz bizdan ham ko‘p o‘qiydi bunday asarlarni!” dedim.
Keyin ulardan biri so‘rab qoldi: “Musulmonmisizlar?“
“Ha“ dedik.
Ulardan biri, oppoq soqolli, oltmishlardagi belgiyalik olim: “Musulmonlarning bunchalik ziyoli bo‘lishini kutmagan edik” deya oshkora tan oldi. Arxeolog ekan, Jazoirda, yana bir-ikki arab mamlakatlarida qazishmalar bilan shug‘ullanishgan ekan. “Arablar unchalik emas“ deydi. “Musulmonlar faqat arablar emasda”, dedik. Yonimdagi sherigim bu bilan qanoatlanmadi, o‘tmishda o‘tgan buyuk allomalardan gapira ketdi. Ular unchalik ishonmadi. “Vikipediyani ko‘ring!” dedi. Tog‘da bo‘lganimiz uchun internet yaxshi ishlamadi. Keyin men dedim:
“Bizda tarixan boshqa dinlarga nisbatan adolat bo‘lgan. Hamma din vakillariga e’tiqod borasida bosim o‘tkazilmagan”.
“Cherkovlar bormi?” deya so‘radi ulardan biri.
“Nafaqat cherkovlar, balki sinagoglar ham bo‘lgan!” dedim.
Ular bu gaplarimizga ishonishmadi. Ishontirishga harakat ham qilmadim. Shu bilan kun qaridi, avtobuslarda ortga qaytdik. Shunda belgiyalik tarixchi yonimga keldi. Qo‘lida telefon.
“Haqiqatdan ham sizlarda cherkovlar ham bor ekan!” deb qoldi menga. Internet chiqqanida tekshirib ko‘ribdi. “Katoliklar, pravoslavlarniki...”
Baxtiyor Abdug‘afur
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”