Hindistonda avtobus yonib ketdi: 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish158
Hindistonda avtobus yonib ketdi: 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Radjastxan shtatida juda dahshatli fojia ro‘y berdi — yo‘lovchi avtobusa yong‘inga yo‘liqib, kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Hodisa Jaysalmer–Jodxpur yo‘lida, Tayyat qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobusda 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lga chiqqanidan ko‘p o‘tmay, transport vositasining orqa qismida tutun ko‘tarilgan va bir necha daqiqa ichida butun salonni olov qamrab olgan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, yong‘in shiddat bilan tarqalgani sababli yo‘lovchilar chiqishga ulgurmagan. Ayniqsa, avtobusning orqa qismida o‘tirganlar chiqish eshiklariga yetib bormagan. Tergovchilarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, yong‘inga konditsioner tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Hukumat halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun DNK tahlillarini boshladi. Radjastxan bosh vaziri Shugat Singx marhumlar yaqinlariga ta’ziya bildirdi hamda barcha yo‘lovchi avtobuslar xavfsizligini qayta tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzishni buyurdi.

Mahalliy matbuot yozishicha, bu hodisa mamlakatdagi eng og‘ir transport yong‘inlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?