O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

1 daqiqa o'qish629
O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida O‘zbekiston aholisi 38 million 69 ming nafardan oshdi, deb xabar berdi qo‘mita.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 19,1 millioni erkaklar (50,4 foiz), 18,9 millioni esa ayollar (49,6 foiz) hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming nafarga yoki 1,9 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, aholining 51 foizi shaharlarda, 49 foizi esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda. Shahar aholisi soni 19,3 million, qishloq joylarda yashovchilar esa 18,6 million nafarni tashkil etmoqda.

Yil boshidan buyon mamlakatda 177 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 35,4 ming oila ajrashgan. Tashqi migratsiya bo‘yicha esa 9 oy ichida 1 133 kishi mamlakatga ko‘chib kelgan, 7 585 kishi esa chet elga ko‘chib ketgan.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, aholi o‘sishi barqarorlik va iqtisodiy imkoniyatlar kengayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu demografik ko‘rsatkich mamlakatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarning muhim ifodasi sanaladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?