Dubay kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

1 daqiqa o'qish3.2K
Dubay kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

O‘zbekistonlik haydovchilar uchun yangi ish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Dubai Taxi Company PJSC” rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi manbalar.

Uchrashuvda O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda ishga joylashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish va mehnat shartlarini shaffof tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya rahbari Sayid Amin Abdulrahman o‘z nutqida o‘zbekistonlik haydovchilarning mas’uliyati va tajribasini yuqori baholab, ularni Dubay taksi xizmatida ishga jalb etishga tayyorligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichda 200 nafar haydovchi ishga qabul qilinishi mumkin. Agar ularning faoliyati samarali bo‘lsa, yana 500 nafargacha o‘zbekistonlik fuqarolarni jalb etish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va “Dubai Taxi Company PJSC” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mahalliy mutaxassislar fikricha, mazkur loyiha nafaqat ish bilan ta’minlash sohasida muhim qadam, balki O‘zbekiston haydovchilarining xorijiy mehnat bozoridagi obro‘sini yanada mustahkamlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?