date

Goal Garri Keynni 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun favorit deb tanladi

Goal Garri Keynni 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun favorit deb tanladi
Goal portali 2026 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun asosiy nomzodlar reytingini e'lon qildi. Reytingda birinchi o'rinda "Bavariya" hujumchisi Garri Keyn joy oldi.

Euro-football.ru ma'lumotiga ko'ra, Myunxen klubi 2025/2026 yilgi mavsumda o'tgan 12 o'yinning barchasida g'alaba qozondi, Keyn esa shu uchrashuvlarda 20 ta gol urgan. Ikkinchi o'rinda "Real" hujumchisi Kilian Mbappe qayd etilgan.

Kuchli uchlikni "Manchester Siti" futbolchisi Erling Holand yakunlagan. Ushbu futbolchilar joriy mavsumda ko'plab gollar muallifi bo'lgan.

Reytingning keyingi pog'onalarida Lamine Yamal, Nunu Mendesh, Pedri, Vitinya, Bukayo Saka, Vinisius Junior va Ashraf Hakimi nomlari tilga olingan. Ular ham mavsum davomida faol o'yin ko'rsatmoqda.

2025 yilda "Oltin to'p" sovrinini Usmon Dembele qo'lga kiritgan edi. Kelasi yili kim g'olib bo'lishi hozircha noma'lum, biroq reytingda yuqori o'rinlarni egallagan futbolchilar asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Goal Garri Keynni 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun favorit deb tanladi