08:58 / 06.08.2018
4 021

Olimlar: smartfonlar bolalarning xotirasini ishdan chiqaradi

Olimlar: smartfonlar bolalarning xotirasini ishdan chiqaradi
Shveysariyalik olimlar ota-onalarni smarftonlarning o‘sib kelayotgan avlodning bosh miyasiga salbiy ta’sir qilishidan ogohlantirishdi.

Olimlar bir yil davomida shveysariyalik 12-17 yoshlagi 800 o‘smirni o‘rganishdi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, smartfondan bir yil foydalangan bolalarda xotira mexanizmi ishdan chiqa boshlaydi. O‘smirlarda eslab qolish qobiliyati pasayadi, xayoli parishon va unutuvchan bo‘lib qoladi. Bu holat ayniqsa smartfonni o‘ng qulog‘iga qo‘yadiganlarda ayniqsa kuchliroq seziladi. Xabar jo‘natish, internetda o‘tirish va mobil o‘yinlar bilan vaqt o‘tkazish fikrlash qobiliyatini ham pasaytiradi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Martin Rosli qo‘ng‘iroq vaqtida quloqchinlardan foydalanish yoki ovoz kuchaytirgichni yoqib qo‘yishni, smartfonni cho‘ntakda emas, ryukzakda olib yurishni hamda o‘yin o‘ynash va internetdan axborot qidirish uchun kompyuterdan foydalanishni tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: smartfonlar bolalarning xotirasini ishdan chiqaradi