Holat tahlil qilinsa ravshanlashadi. Qorong‘i xonada sham yoqqan kabi.
Bizda eng muhim, mamlakat tinchligiga, havfsizligiga hamda mamlakatning strategik maqsadlariga aloqasi bor deb qaraladigan qarorlarni eng jamiyatdagi qaror egalari qabul qiladi. Boshqacha emas.
Demak, eng qaror egalarining dunyoqarashi qarorlarga bevosita ta’sir etadi. “Jamiyatdagi qaror egalariga ta’sir etuvchilar bor!” – desangiz ham, baribir – ta’sirlardan ta’sirlanish ham shaxsning hususiy ichki sifatlariga bog‘liq bo‘ladi, boshqacha emas. Darvoqe, qanday masalalar “eng muxim masalalar” deb qaraladi – bu ham, o‘z navbatida, muhim shaxsning shaxsiy hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Demak, holatni yaxshiroq anglash uchun biz qaror egasining hayotiy yo‘lini va undan kelib chiqadigan, eganing dunyoqarashini aqliy urinish qilib tahlil qilishimiz lozim bo‘ladi. Tushunish uchun.
100 yillik
O‘tkan 100 yillik o‘ziga hos dunyoqarashli insonni yuzaga keltirdi. Bu dunyoqarash katta bir jamiyatni – formatsiyani hosil qildi. Hozirda biz bu dunyoqarashni yomonlash yoki yaxshilashga emas, balki tushunishga – ilmiy tadqiq etishga muhtojligimiz bor. Nega? Chunki millionlab atrofimizdagi insonlar o‘sha dunyoqarash ta’siridalar va aynan shu omil hayotimizning ko‘plab tafsilotlarini belgilab turipdi. Boshqacha emas.
Xususan o‘sha – shu kunda bizning e’tiborimizni olib qo‘ygan qarorlarni ham.
Ha, ega shaxs ham o‘sha 100 yillikda hosil bo‘lgan muhitning farzandidir va uning o‘y-u harakatlarini hayoti davomida shakllangan dunyoqarashi ko‘p jihatdan belgilab turibdi. Biz buni (uni) tushunishimiz lozim.
Stereotiplar
Stereotiplar bu – ongsiz ravishda odam o‘ziga qabul qilib oladigan “narsalar”, ko‘nikmalar. (“Ongsiz” so‘zi bu yerda asosiy so‘zdir) SSSR davri mobaynida odamlarimiz ongidan ko‘plab narsalar chiqarib tashlandi va o‘rniga ko‘plab boshqa narsalar o‘rnashdi. 100 yil avval oddiy hol bo‘lgan narsalar keyinroq noodiy bo‘lib qoldi. Misol uchun hozir soqol, hijob va boshqa ko‘plab narsalarni ko‘rganda ko‘pchilikning stereotiplari ishga tushib ketadi – o‘rganib qolgan, ongiga o‘rnashib qolgan vizual ko‘nikmalarga zid bo‘lgan manzaralar ularda seskanishni keltirib chiqaradi. Seskanish ma’lum miqdorga yetganda reaksiya – qarshi harakat istagi paydo bo‘ladi.
Ammo sababi so‘ralganda seskanish egasi sababni tushuntirolmaydi, chunki stereotip – ongsiz narsa. Soqol yoki latta (hijob) qay tarzda birovga zarar ekanligini u o‘zi o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi. Shunchaki u buni atrofida ko‘p ko‘rishni xohlamaydi. Chunki seskanadi – diskomfort his qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu yerda jiddiy mafkuraviy ziddiyat mavjud emas. Bor-yo‘g‘i primitiv reaksiyalar, xolos.
Endi nima qilamiz, do‘xtirjonga boramiz!
Holatimizning biz uchun sinovligi shundaki, biz jamiyat ongida o‘rnashgan stereotiplarni ketkazishni, buzishni uddalay olishimiz lozim. Bu esa bizdan ba’zi narsalarni talab etadi.
Avvalo ixlosni. Boshlanishi yomon emas, shundaymi? Ixlosimizni yuksaltirishimiz o‘z ichki holatimizni rostakamiga taftish etishimizni taqozo etadi. Boshqacha emas. Ixlosimizni buzib turgan narsalarni qo‘limizga fonus tutib izlab, topib, bartaraf etishimizni talab etadi.
Ya’ni holatimiz o‘zgarishini istasak o‘zimizni o‘zgartirishimiz kerak bo‘lyapti. Tashqaridan iltifot kutishimiz emas.
Jamiyatning stereotiplarini buzish uchun katta ixlos, o‘sha – steretiplarga o‘ralashib qolgan odamlarimizga nisbatan katta mehr, ularning holiga achinish, ularni tushunishga harakat qilish, holi o‘zgarishini qattiq istash, haqlariga duo qilish, bularning tadrijiy natijasi o‘laroq xalqqa yengil bo‘lsin uchun da’vatga ijodiy (kreativ) yondoshish, yangi so‘zlarni, uslublarni o‘ylab topish, bu yo‘lda izlanish... bularni eplasak o‘zimizning holimiz yengillashadi.
Ofiyatning qiymati bor. Qiymati tillo bilan emas, balki sarflangan mehr, ixlos, himmat bilan o‘lchanadi.
Muhammad SHAKUR
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”