Matematika fani boʻyicha bilimlar hayotda asqotadi. Gap trigonometrik tenglamalarni yechish haqida emas.
Konstantin Morev
Matematika va iqtisodiyot oʻqituvchisi, isteʼdodli bolalar
pedagogika va psixologiyasi boʻyicha mutaxassis
pedagogika va psixologiyasi boʻyicha mutaxassis
Koʻpincha toʻqqizinchi sinf oʻquvchilari darslarda mendan soʻrashadi: “Trigonometriya bizga nima uchun kerak?” Oʻninchi- oʻn birinchi sinflarda esa quyidagicha savol tugʻiladi: “Integrallar bizga nima uchun kerak? Geometriyadagi koordinatalar usuli-chi?”
Barcha qiyin mavzular ana shunday savollar tugʻdiradi. “Bular hayotda kerak boʻlmasa kerak”, - deydi oʻquvchilarim. Agar bitiruvchilar statistikasi tahlil qilinsa, ular haq. Ulardan juda oz qismigina yuqorida aytilganlardan foydalanishi mumkin. Maktab dasturidagi matematik bilimlarni boʻlajak ishda qoʻllash – undan ham kam.
Fanning mohiyati va umuman olganda, nima uchun matematikani yaxshi koʻrish kerakligi borasida fikr yuritamiz.
1-sabab. Bir maʼnolilik
Petr I islohotlari davlat rivojiga qanday taʼsir koʻrsatdi? Bahsli mavzu. Nima uchun tarixda u yoki bu voqealar sodir boʻldi? Huquqiy davlat oʻz aholisini tinglay oladimi? Bir maʼnoga ega boʻlmagan masala.
Vanihoyat:3x + 4x = 7x. Kecha, 50 yil avval, Afrikada, inqirozda, yomon havoda.
2-sabab.Tafakkurni rivojlantirish
Bola hisoblashni oʻrgandi, agar u faqat hisob-kitob bilan shugʻullansa, ertami-kechmi rivojlanishdan orqada qoladi. Albatta, miyada murakkab algoritmlarni qoʻllab hisoblash mumkin. Biroq fikrlash tubi emas, faqat tezligi rivojlanadi.
Keyinchalik geometriya, trigonometriya, stereometriya, logorifmlar bilan tanishiladi. Har bir keyingi keladigan murakkabroq mavzu oʻquvchining aqliy salohiyati rivojlanishiga yordam beradi: tahlil va umumlashtirish koʻnikmalari, mavhum tafakkur, konsepsiyalar bilan fikrlash qobiliyati.
3-sabab. Mavhum narsalar haqida fikrlash
Bir oʻrdakburunga ikkita oʻrdakburun qoʻshilsa, jami uch oʻrdakburun boʻlishini hamma biladi. Masalani yechayotganlarning har biri oʻrdakburunni hayotda koʻrmagan boʻlsa-da, masalani yecha oladi. Aynan matematika bizni haqiqatda bizda yoʻq boʻlgan narsani xayolda loyihalashtirishga oʻrgatadi. Biz uzoq va qisqa kelajakni rejalashtirish uchun hozirgi zamondagi maʼlumotdan foydalanamiz.Bunday rejalashtirish sifati matematik qobiliyatlarimizga bogʻliq.
4-sabab. Murakkab yechimlarni qabul qilish
Sizda bor-yoʻgʻi n soʻm bor, taʼtil uchun sizga 1 mln zarur, siz arzonroq variantni tanlaysiz. Chunki matematika bizni taqqoslashga oʻrgatgan. Orzuimizdagi taʼtilga ketishni qanchalik istamaylik, matematik haqiqat buni amalga oshirish mumkin emasligini aytadi.
Beshinchi-oltinchi sinf uchun odatiy masala. A shaharda 100 ta bola yashaydi, V da – 300 ta bola. Shaharlar orasidagi masofa – 10 km. Har ikki shahar bolalari kamroq masofa bosishi uchun maktabni qaysi nuqtada qurish kerak?
5-sabab. Ha, buni deyarli qoʻllasa boʻladi
Matematikaning dasturchi, olim va muhandislar muvaffaqiyatli faoliyatiga taʼsiri kundek ravshan.
Loyihalashtirishda trigonometriyani qoʻllaydigan muhandislarni koʻp marta uchratganman. Oʻz faoliyatni optimallashtirgan ofis xodimlari esa raqobatbardosh afzallikka ega boʻlishadi.
6-sabab. Algoritmlarni oʻrganamiz
Turmushda algoritmlarni takrorlaganimizda oʻylanmaymiz. Qanday nafas olish, oyoq kiyim bogʻichini qanday bogʻlashni bilmaymiz. Hisob boʻyicha 1000-marta ishga borishni rejalashtirmaymiz. Bu koʻnikmalarning barini maktabga borgunga qadar oʻzlashtirganmiz.
Biroq yuqori darajali algoritmlar haqida gap ketganida matematika bizga yordam beradi. Moddalarning toʻgʻri aralashmasini tayyorlash, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish (jarroh kiruvchi maʼlumotlar asosida qaror qabul qiladi), mantiqiy qarorlar qabul qilish va h.k.
Shuningdek, matematika bizga bir xil harakatni bajarib, turlicha natijaga umid qilish ahmoqlik ekanini aytadi. Hamkasbingiz odatiy algoritm boʻyicha qahva qaynatyapti, qahvaqaynatgich esa ishlamayapti. U aynan oʻsha harakatni yana takrorlaydi, qahvadan esa darak yoʻq. Uning matematik darajasini tahlil qiling.
7-sabab. Yolgʻonni umumlashtirish va aniqlash
U turlicha boʻlishi mumkin.
Hazil yolgʻon: “Bu matematika boʻyicha matematika oʻqituvchisi tomonidan tayyorlangan eng yaxshi maqola”. Axborot maydonini bu kabi qisqartirish orqali nafaqat hazil qilish, balki tushunmovchilikni yuzaga keltirishimiz mumkin.
Yolgʻonga oʻxshash statistika: “Statistikaga koʻra, suv ichganlarning koʻpchiligi halok boʻlgan”. Bu eng siyqasi chiqqan misol.
Statistika boʻyicha yolgʻonning yana bir turi nafaqat bu maʼlumotni oʻqiydiganlar, balki uni toʻplaydiganlar uchun ham zarar keltirishi mumkin. Bu tanlamaning yolgʻonligi. Shaxsiy ishingizni ochyapsiz va biznes markaz yonida qandolat mahsulotlari toʻgʻrisida soʻrovnoma oʻtkazasiz. 1500 kishidan iborat tanlamani oldingiz. Boʻlajak xaridor istagini tushundingiz va oʻz tumaningizda xalqning istagini inobatga olib, qandolat korxonasini ishga tushirdingiz. Biroq mijozlar yoʻq. Kasodga uchradingiz.
Matematika fanidan olgan bilimlarimiz bunday maʼlumotni toʻgʻri tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarishda yordam beradi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi