Marhamatni birinchi bor koʻrganidayoq, Qulmatning koʻz qarashlari, oʻzini tutishlari birdan oʻzgardi. Matnazarga yanada koʻproq mehr koʻrsata boshladi. Shaharga borib-kelish xarajatlarigacha oʻz boʻyniga oldi. Biroq maqsadi bitta edi. Bu qadar koʻhlik ayolni bir marta boʻlsa-da, qoʻyniga solib yotish harakatiga tushib qolgandi. Ayniqsa, Marhamatning koʻylak ostida koʻpchib turgan boʻliq siynalariga, atlas lozim ichkarisidagi lopillagan sonlariga zimdan nazar solgani sayin ehtirosi joʻsh urar, qani endi iloji boʻlsa-yu, shu lahzadayoq tappa bosgisi kelardi…
— E, oshna, — dedi Matnazarga ikki bolani shahardagi bolalar uyiga joylab, ortga qaytishayotganda. — Yoʻl-yoʻlakay oʻylab koʻrdim. Obdon mulohaza qip chiqdim. Baribir sizlarga shiyponda yashash toʻgʻri kelmas ekan. Bilasan-ku, kun oʻtib dalalar odamga toʻladi. Duch kelgan odam sizlarni masxaralab ketishi mumkin. Turli gap-soʻzlar koʻpayishi mumkin… Kelinglar, yaxshisi, mening yangi hovlimda yashab turinglar!.. Hozircha koʻchish niyatim yoʻq. Xudo bersa, qimorda omading chopib senam bir uy qurarsan. Ajabmas, anavi choʻlogʻing falokatga uchrab… Xudo asrasin, Xudo asrasin!.. Ha, endi buyam bir gap-da, oshna!.. Nima deding?..
— Senday doʻstim borligidan faxrlanib ketdim, Qulmat!.. — sal qursa koʻzlariga yosh olayozdi Matnazar. — Bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin senga!..
— Nega endi Xudodan boʻlarkan? — kuldi Qulmat. — Sen katta qimorboz boʻlganingda qaytarasan… Buyogʻini menga qoʻyib beraver!.. Toʻgʻrimi, kelin?..
Marhamat hamon yerga qaragancha jim borardi. Qulmatning bilinar-bilinmas koʻz qisganini koʻrmadi.
Shunchaki… Bosh irgʻab qoʻya qoldi…
* * *
Qulmat shu kuni kechqurunoq Matnazarni yoniga olib uch qishloq nariga joʻnadi. Katta oʻyin bor ekan.
Ular yoʻl-yoʻlakay gaplashib kelib qizilga boʻyalgan temir darvoza roʻparasida toʻxtashdi.
— Mana shu yer bizning “ishxona”, — dedi Qulmat koʻz qisib. — Agar senam astoydil ixlosminan shu yerga qatnasang, albatta odam boʻlasan.
— Toʻxta, bu yerda men taniydigan odamlar ham bormi? — soʻradi Matnazar. — Tagʻin qishloq atroflaridan birontasi boʻlsa, gap tarqatib yurmasin.
— Yoʻq, bu yerda har yerdan kelgan odamlar oʻynaydi. Ishonasanmi, deyarli hammasi shaharliklar. Faqat men-u, uy egasi xolos shu yerdan.
— Unda qoʻrqmasayam boʻlarkan. — chuqur nafas olib ostona hatladi Matnazar. — Qani, koʻray-chi, qanday oʻyin koʻrsatarkansizlar…
Hovli oddiy edi. Kengligi Matnazarning hovlisidan ham kichikroq. Aylana atrofga tok ekib tashlangan. Faqatgina bitta xonaning chirogʻi yoniq. Ichkaridan kimlarningdir xandon otib kulgani eshitilib turardi…
— Assalomu alaykum!.. — Qulmat xonaga kiriboq qoʻlini koʻksiga qoʻydi. — Jamoat jam-ku!.. Mana, sizlarga mehmon opkeldim. Oʻzimizning odam. Tomosha qilmoqchi oʻyinni.
— Ishonchlimi ishqilib? — toʻrda oʻtirgan baqaloq, chap yuzida bilinar-bilinmas chandigʻi bor oʻrta yashar erkak luqma tashladi. — Gullab yurmasmikan koʻcha-koʻyda?..
— Nima deyapsan, Qodir? — qoʻl siltadi Qulmat. — Men sotqinni boshlab yurmayman-ku!..
— E, shuni gapiga quloq solib oʻtiribsanmi, Qulmat? — deya oʻrnidan turdi novchadan kelgan, sariq soch bir yigit. — Gapiraveradi-da bu!.. Qani, mehmon, tanishaylik!.. Murod.
— Matnazar.
— Qani, oʻtiring!..
Matnazar sekin koʻrsatilgan joyga oʻtirdi. Fotiha qilingach, uy egasi boʻlsa kerak, patnisga bir shisha aroq, toʻrt-beshta piyola keltirdi-da, dasturxonga qoʻydi.
— Oʻzing boʻlasan, Nodir! — dedi unga Qulmat. — Tezroq boʻl, kutishga vaqt yoʻq!..
Nodir deganlari itoatkorona qoʻliga shishadagi aroqni olib ochdi va piyolalarga toʻldirib-toʻldirib quydi.
— Xoʻ-oʻsh, avval mehmondan koʻramiz-da-a?.. — Qodir kulimsirab birinchi piyolani Matnazarga uzatdi.
— Yoʻgʻ-e, oʻzlaring bemalol olaveringlar!.. — dedi Matnazar xijolat tortib. — Men…
— Ol, oshna! — uni turtdi Qulmat. — Qimorda avval boshi aroq ichiladi. Boʻlmasa, qoʻl qaltirab oshiqni oʻzing istaganday tik tushirolmaysan. Ol!..
— Men qimor oʻynamayman-ku, Qulmat!.. Kel, keyinroq ichay!..
— Olsang-chi!..
Matnazar qarshilik koʻrsatish befoydaligini sezdimi, indamay qoʻliga aroq toʻlatilgan piyolani oldi…
* * *
— Sizlar gaplashib oʻtira turinglar, men hozir yarim soatda kelaman! — Qulmat kayfi oshib, astoydil gapga tushib ketgan Matnazarga bir qarab qoʻydi-da, oʻrnidan turdi. — Borib keladigan ishim boridi.
— Vey, boshlamaymizmi oʻyinni? — Qodir norozi toʻngʻilladi. — Odam siqilib ketdi-ku!..
— Birinchi partiyani mensiz oʻynab turaveringlar!.. Keyingisiga qoʻshilaman…
— Boʻpti, faqat uzoq qolib ketma!..
Qimorbozlardan biri Qulmat chiqib ketishi bilan dasturxonni bir chetga surib, deraza tokchasidagi oshiqlarni qoʻliga oldi…
Qulmat esa, mana shu lahzalarda faqat Marhamatni oʻylar, ildam-ildam qishloq tomon ketib borarkan, ikki xayoli ayolni nimadir qilib eritish-u, maqsadiga yetish edi…
Nihoyat qishloqlar ortda qolib oʻzining yangi qurilgan, hali darvoza oʻrnatilmagan uyiga yaqinlashdi. Bu yerning Qulmatga yoqadigan tomoni ham mahallalardan ancha uzoqligi, ikki tarafi dala, qachon qarasa, gʻir-gʻir shabada esib turishi edi. Ana, Marhamatning oldiga kirib borsayam, qayerga ketyapsan deydigan odamning oʻzi yoʻq…
Qulmat ehtiyot shart orqaga oʻgʻrincha qarab oldi. Hech zogʻ yoʻq. Ichkari uyning chirogʻi oʻchmaganiga qaraganda, Marhamat uxlamaganga oʻxshaydi.
U oyoq uchida yurib deraza qarshisiga bordi. Sekin moʻralasa, Marhamat yonboshlagan koʻyi qandaydir kitobni oʻqish bilan band…
Qulmat sekin darazani chertgandi, Marhamat seskanib oʻrnidan turib ketdi…
— Qoʻrqib ketdingizmi? — ochiq derazadan boshini suqib soʻradi Qulmat. — Shunchalik ham qoʻrqoq boʻladimi odam, Marhamatxon?..
— Voy, sizmidingiz?.. Xoʻjayinim qani?..
— Xoʻjayiningiz ish oʻrganyapti.
— Siz-chi?.. Qolmadingizmi?..
— Ichkariga kirsam maylimi?.. — koʻzlarini xiyol qisib ayolga tik boqdi Qulmat. — Harqalay, bu yerda turishim noqulay…
— Yoʻq… Qoʻrqaman…
— Nimadan?.. Men odam yemayman.
— Bilaman.
— Unda nimadan qoʻrqasiz?
— Xoʻjayin…
— E, qiziqmisiz?.. Aytdim-ku, u ish oʻrganyapti deb!.. Men qaytib borsam, ruxsat bersam, ana undan keyin keladi.
— Menda biror ishingiz bormidi? — soʻradi Marhamat yerdan koʻz uzmay.
— Ha, ishim bor. Maylimi kirsam?
— Hozir eshikni ochaman…
Qulmat eshik ochilishi bilan yashin tezligida ichkari kirib eshikni ichkaridan tambaladi-yu, Marhamatni bagʻriga tortdi.
— Y-yoʻq… Nima qilyapsiz?.. Qoʻyvoring!.. — Marhamat siltanib Qulmatning quchogʻidan chiqmoqchi boʻlar, ammo kuchli qoʻllar asta-sekinlik bilan kiyimlarini yechishiga qarshilik koʻrsata qolmasdi…
* * *
Koʻcha koʻrgan ayoldan hamma narsani kutsa boʻlarkan. Qulmat bu doʻmboq ayolni yarim soatcha quchogʻida olib yotgandan soʻng shunday xulosaga keldi.
Marhamat uning bagʻrida butun dunyoni unutgandek, yutoqib-yutoqib yuz-koʻzlaridan oʻpar, Qulmat boʻsa olishni boshlaganda esa, entikib-entikib ketardi-da, boshini orqaga tashlab koʻzlarini yumib olardi…
Shu koʻyi ikkovlari yarim soatdan moʻlroq “olishishdi…”
— Endi bugundan eʼtiboran meniki boʻlding, jonidan! — deya ohista Marhamatning uzun sochlaridan tortib qoʻydi Qulmat. — Haqiqatan zoʻr ekansan. Tan berdim senga. Mayli, oʻsha soʻtakni qimorboz qilib tayyorlayman. Faqat sen uchun… Shu vaqt orasida boʻlsa, sen meni xursand qilasan…
— Ochiqcha oʻzingizniki qilib olishniyam yoʻli bor. — ayyorona kulib qoʻydi Marhamat.
— Qanaqa yoʻl ekan?
— Qimorda meni xoʻjayinimdan yutib olasiz.
— Hadeb xoʻjayin deyavermasang-chi!.. — kutilmaganda jerkib tashladi Qulmat. — Nimasi xoʻjayin oʻshaning?..
— Nikohidaman harqalay, buniyam esdan chiqarib qoʻymang-da, aka!..
— Xoʻp, men yutvoldim ham deylik. Undan keyin-chi?
— Undan keyinmi?.. — Marhamat biroz oʻylab turgach, davom etdi. — Zoʻr boʻlsa, qaytarib yutib oladi.
— Mana bu fikring ja yoqdi menga. Malades. Men-chi, Matnazarni shunday boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻyamanki, oʻzing turib balli deysan. Faqat bir shartim bor. Sen aralashmaysan!..
— Jinni boʻlibmanmi aralashib? Erkaklarning ishimi, oʻzlari hal qilaverishsin…
— Xoʻp, endi men boray. Ertaga kechasi yana kelaman. Eshigingni qulflab olmagin!.. Manavi pullarni olib qoʻy! Kamchiligingga ishlatarsan…
— Faqat ehtiyot boʻling! — tayinladi Marhamat. — Tagʻin kayf ustida ogʻzingizdan gullab qoʻymang! Nima boʻlgandayam, erkak kishi. Nafsoniyati bor…
(davomi bor)
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi