Nvidia Intel’ga 5 milliard dollar investitsiya qiladi, deb Kursiv xabar berdi.
Nvidia kompaniyasi Intel bilan strategik hamkorlik tuzganini e’lon qildi va unga ko‘ra $5 milliard (taxminan 61.5 trillion so‘m) sarmoya kiritib, aksiyalarni $23.28 narxda sotib oladi.
Shartnomaga ko‘ra, ikki kompaniya x86 arxitekturasida kompyuter va data-markazlar uchun protsessorlar ishlab chiqaradi. Ularga Nvidia’ning RTX platformasi va NVLink tizimi orqali texnologiyalar integratsiya qilinadi.
Nvidia rahbari Jensen Huangning aytishicha, bu ittifoq ikki kompaniya ekotizimini kengaytiradi va yangi avlod hisoblash texnologiyalariga asos bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar