date

Jorjina Rodriges homiladorlik haqida mish-mishlar tarqaldi

Jorjina Rodriges homiladorlik haqida mish-mishlar tarqaldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning ayoli Jorjina Rodriges homilador bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda jurnalist Alba Morales Telecinco ¡Vaya Fama dasturida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, juftlik futbolchi hozir to‘p surayotgan Saudiya Arabistoni qonunlari sabab turmush qurishga qaror qilgan. Ma’lumki, bu mamlakatda nikohdan tashqari farzand ko‘rish man etiladi.

"Menimcha, ular aynan Jorjina homilador bo‘lgani uchun turmush qurishga qaror qilishdi. Chunki ular yashaydigan davlatda nikohsiz farzandli bo‘lish mumkin emas", – deydi Morales.

Jurnalist yana qo‘shimcha qildi: "Menda bu ehtimoliy homiladorlik haqida manbalar bormi? Ha, ayrimlar bu ma’lumot rost bo‘lishi ehtimolini aytdi".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jorjina Rodriges homiladorlik haqida mish-mishlar tarqaldi