Farg‘onada xato to‘ldirilgan gaz baloni portlab ketdi

1 daqiqa o'qish1.1K
Farg‘onada xato to‘ldirilgan gaz baloni portlab ketdi

Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan noxush holat yo‘lovchilar va haydovchilar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, 18 sentyabr kuni soat 12:00 larda haydovchi o‘zining “Labo” rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirish maqsadida maxsus stansiyaga kirgan. Biroq ehtiyotsizlik sabab u propan uchun mo‘ljallangan balonga metan gaz qo‘yib yuborgan.

Xato to‘ldirish oqibatida transport vositasiga o‘rnatilgan gaz baloni keskin portlab, avtomashina texnik jihatdan jiddiy shikastlangan. Omadga ko‘ra, hodisa vaqtida biron-bir fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirgi vaqtda mas’ul idoralar ushbu voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlarini olib borishmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday holatlar ko‘pincha haydovchilarning gaz turlari haqida yetarli ma’lumotga ega emasligi va xavfsizlik qoidalariga beparvo qarashi oqibatida yuzaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Surxondaryo viloyatidagi metan quyish shoxobchasida “Neksiya-2” avtomashinasi portlagani haqida xabar berilgan edi.

Mutaxassislar haydovchilarni gaz turlarini aniq ajratish, avtomashinadagi uskunalarning texnik holatini muntazam tekshirib turish hamda quyish paytida ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Chunki bir lahzali xato nafaqat mol-mulkka, balki inson hayotiga ham katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?