date

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat bu – korrupsiya.

Bugun, butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, bu borada har birimizdan hushyorlik va mas’uliyatlilik talab etiladi.

Majburiy ijro byurosining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari ishtirokida Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi

va tuman (shahar) bo‘limlarida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan davra suhbatlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlangan prokuratura organlari xodimlarining “Axloq kodeksi”dagi asosiy tushunchalar, ya’ni xizmat faoliyatida shuhratparastlik, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z mansabini suiiste’mol qilmaslik, poraxo‘rlik hamda tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berildi.

Shuningdek, prokuratura organlari xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, rahbarlik yoki ta’sischilik qilishga, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga haqli emasliklari alohida tushuntirildi.

Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishini, inson huquqlari buzilishiga olib kelishini, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishini, hayot sifatini yomonlashtirishini va odamlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini yana bir bor eslatib, firibgarlik, pora olish, pora berish va ishtirokchilik qilishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida qanday choralar qo‘llanilishi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bobomurod Umarov

MIB boshqarma bosh inspektori

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!