Steam 2026 yildan 32-bit Windows’ni qo‘llamaydi, deb Steam rasmiy sayti xabar berdi.
2026 yil 1-yanvardan boshlab Steam 32-bit Windows operatsion tizimlarini rasmiy ravishda qo‘llab-quvvatlamaydi. Hozirda Steam faqat Windows 10 32-bit versiyasini qo‘llaydi va bu foydalanuvchilarning atigi 0.01%ini tashkil qiladi.
Windows 10 64-bit hali ham qo‘llab-quvvatlanadi va 32-bit o‘yinlar unda ishlashda davom etadi. Ammo 32-bit tizimlardagi Steam dasturi yangilanmaydi, jumladan xavfsizlik yangilanishlari ham bo‘lmaydi.
Steam texnik muammolar yuzasidan yordam bera olmaydi. Doimiy yangilanish va barqarorlik uchun 64-bit Windows’ga o‘tish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar