Ishga joylashish yoki oʻqishga kirishdan avval oʻtkaziladigan suhbat jarayoni – kuchli zoʻriqish. Siz bu ish sizga mos ekaningizni bilasiz va ishga oladigan odamda yaxshi taassurot qoldirishingizning oʻzi kifoya. Biroq asablar pand beradi. Bunday vaziyatda xotirjamlikni saqlash uchun nima qilish lozim?
Asosiy maʼlumotlarni biling
Suhbat qanday oʻtkazilishi muhim emas. U xoh telefon orqali, xoh kompaniya ofisida rekruterlar yoki top-menejerlar tomonidan oʻtkaziladimi, unga tayyorgarlik koʻrishingiz shart.
Kompaniya, boʻlajak ishingiz va vazifalaringiz toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻrganing. Oʻzingiz haqingizda gapirib berishingiz, soʻralganida aytish uchun qisqa nutq tayyorlang. Tayyorgarlik – xavotirni yengishning eng yaxshi usuli.
Mashq qiling
Suhbat jarayonini doʻstingiz, oila aʼzolaringiz, ustozingiz bilan mashq qiling.
Amaliyot miyada tanlangan xulq-atvor tipiga javob beradigan neyron aloqalarni oʻrnatishda yordam beradi. Siz odat boʻyicha avtomatik tarzda javob berasiz. Bu neyron aloqalarini mustahkamlash orqali zoʻriqish holatida kerakli javobni aytish osonlashadi.
Tushkunlikka tushmang
Bari yaxshi ketayotgandek koʻrinsa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. Oʻzingizga quloq soling. Ana oʻshanda ish qidirish uchun yana vaqt sarflashga toʻgʻri kelmaydi.
Oʻzingizni maslahat beruvchi odam sifatida tuting. Siz ham kompaniyani baholashingiz kerak. U sizga haqiqatan mos kelish-kelmasligini tushunishingiz lozim.
Muhimi – oʻzingizga ishonch
Psixologiyada ishonch tushunchasi odamning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishiga boʻlgan ishonchini anglatadi. Bu juda muhim xususiyat.
Oʻz koʻnikmalaringiz va jihatlaringizni oʻrganing. Agar oʻzingiz uchun yangi boʻlgan soha boʻyicha ishga joylashmoqchi boʻlsangiz, oʻtmishdagi qaysi tajribalaringiz sizga yordam berishi mumkinligi toʻgʻrisida oʻylab koʻring. Kuchli ishonch hissi lavozimni egallashga munosib ekaningizni ish beruvchiga yetkaza olish imkonini beradi.
Kuchingizni toʻgʻri baholang
Balki bitta kompaniyada koʻplab suhbatlardan oʻtishga toʻgʻri kelishi mumkin. Agar sizga bu jarayon juda choʻzilib ketgandek tuyulsa, ishga nisbatan avvalgidek ishtiyoq sezmasangiz, koʻnglingizga quloq solganingiz maʼqul.
Rezyumeda odamlar juda koʻp maʼlumot berganida oʻzini ideal nomzod sifatida koʻrsatishni istaydi. Biroq bu usul ish bermaydi. Baʼzida bu kabi nomzodlar aynan shu ishga kirish yoʻlida oʻzlariga salbiy tomonlarni “soʻrab olishadi”. Masalan, kam maoshga rozi boʻlishadi. Bunday qilish yaramaydi. Oʻzingizni tabiiy tuting.
Nafas oling
Ishga joylashish imkoniyatidan boshingiz koʻkka yetayotgan boʻlsa-da, bu jarayon uzoq va odamni charchatadigan boʻlishi mumkin.
Hordiq chiqarishning har bir daqiqasidan foydalaning. Masalan, kelasi safar suhbatga ketayotganingizda chuqur nafas oling. Yodingizda boʻlsin, siz ham joylashmoqchi boʻlgan ish joyingizni baholashingiz lozim. Haqiqatan ham u yerdagi odamlar sizga yoqyaptimi? Yoki ularning yonida oʻzingizni noqulay his qilganingiz uchun charchayapsizmi?
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi