date

Folbinlar Zambiya Prezidentini o‘ldirishga uringani ma’lum bo‘ldi

Folbinlar Zambiya Prezidentini o‘ldirishga uringani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta Zambiyada daxshatli voqea sodir bo‘ldi: mamlakat Prezidentining hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirgan ikki nafar erkak folbin ikki yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, 2024-yilning oxirida 43 yoshli zambiyalik Leonard Pxiri va 42 yoshli mozambiklik Jastin Kandungede poytaxt Lusakadagi mehmonxonada qo‘lga olingan. Mehmonxona xodimasi g‘alati tovushlarni eshitib, favqulodda ehtiyotkorlik bilan politsiyaga xabar qilgach, folbinlar yashagan xonaning har bir burchagidan turli sehr-jodu buyumlari topilgan. Ularning orasida tirik buqalamun, noma’lum hayvonning dum qismi, 12 ta shisha dorivor moddalar va shu kabi sexrli vositalar bo‘lgan.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, folbinlar ularning maqsadi — Zambiya Prezidenti Hakainde Hichilemani afsunlash va keyinchalik hayotiga zarar yetkazish bo‘lgan. Bu operatsiya ularning tasavvuriga ko‘ra “afsunli” usullar bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentni o‘ldirish niyati folbinlarga mahalliy obro‘li siyosatchi Emmanuel Bandaning ukasi Nelson Banda tomonidan topshirilgan va ularga 2 million zambiya kvachasi (taxminan 73 ming dollar) to‘langan. Ayblanuvchilar esa sud jarayonida o‘z aybini to‘liq tan olgan.

Ma’lumot uchun, mamlakatda 1914-yildan beri kuchda bo‘lib kelayotgan sehr-joduni taqiqlovchi qonun bor. Unga ko‘ra, o‘zini sehrli yoki g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega deb ko‘rsatish, odamlarni qo‘rqitish yoki ularga zarar yetkazishga uringan har qanday harakat — folbinlik faoliyati sifatida baholanadi. Bu kabi jinoyat uchun eng yuqori jazo – uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gaiti poytaxti Port-o-Prensda ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi: jinoiy guruh a’zolari 110 kishini afsungarlikda ayblab, ularning hayotiga zo‘ravonlik bilan daxl qilgani ma’lum qilingan. Bu hodisa folbinlik va siyosiy xavfsizlik masalasi global darajada jiddiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Folbinlar Zambiya Prezidentini o‘ldirishga uringani ma’lum bo‘ldi