date

Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi
Soliq to‘lash - mamlakat iqtisodiy rivoji va ijtimoiy barqarorligining muhim sharti. Soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limiga sud qaroriga asosan A.Sh.ning yer solig‘idan qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan. MIB xodimlari qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborishgan. Natijada, qarzdorga tegishli avtotransport mavjudligi aniqlangan.

Majburiy ijro harakatlari natijasida, mazkur avtotransport topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash - har bir yuridik va jismoniy shaxsning burchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi