date

Shavkat Mirziyoyev Namanganda: «Navbahor» va «Ayaks» hamkorligi haqida...

Shavkat Mirziyoyev Namanganda: «Navbahor» va «Ayaks» hamkorligi haqida...

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mahalliy sport hayoti, xususan, «Navbahor» klubi va futbol maktabining yirik hamkorligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Namanganga kelib futbol haqida so‘zlamaslik mumkin emas. Chunki bu yerda yoshlar uchun futbol oddiy mashg‘ulot emas, balki butun hayot tarziga aylangan. Har bir bola mahallasidan to‘p surib katta bo‘ladi. «Navbahor»ning har bir bahsi esa butun shahar uchun katta tantanaga aylanadi, – dedi davlat rahbari.

Ma’lumot o‘rnida, yaqinda muhim kelishuvga erishildi: «Navbahor» futbol maktabi uch yil davomida Niderlandiyaning mashhur «Ayaks» akademiyasi boshqaruviga beriladi. Unga ko‘ra, «Ayaks»ning tajribali 11 nafar murabbiyi, skauti va metodistlari Namanganda ish boshlaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu tashabbus yordamida kelgusida dunyoning yetakchi klublarida o‘ynaydigan va jahon chempionatida Vatan sharafini himoya qiladigan ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, tashrif doirasida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, mahalliy tadbirkorlarning ilg‘or tajribalari ham ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z kanali orqali.

Bu qadam nafaqat Namangan yoshlari, balki butun mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Namanganda: «Navbahor» va «Ayaks» hamkorligi haqida...