date

Qozog‘istonlik bokschilar JCH-2025 dagi medallari uchun qancha mukofotga ega bo‘lishdi?

Qozog‘istonlik bokschilar JCH-2025 dagi medallari uchun qancha mukofotga ega bo‘lishdi?

Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan nufuzli jahon chempionatida qozog‘istonlik bokschilar katta yutuqqa erishdi. Turnir yakunida ularning oladigan mukofot puli ham aniq bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlat charmqo‘lqop ustalari musobaqada jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Ulardan 7 tasi oltin, qolgani esa kumush va bronza bo‘ldi. Bu natija Qozog‘istonga umumjamoa hisobida O‘zbekistondan ilgarilab, birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa musobaqada 6 ta oltin bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan edi.

Sports.kz nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, har bir oltin medal sohibi 15 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puliga ega bo‘ladi. Kumush egalariga 7 ming, bronza sohiblariga esa 5 ming dollardan to‘lanishi belgilangan.

Shu tarzda, jami mukofot puli 122 ming AQSH dollarini (65,9 million tenge) tashkil qiladi. Bu mablag‘ nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari uchun ham qo‘llanadi. Xususan, shogirdi oltin medalga ega chiqqan murabbiyga 10 ming dollar, kumush uchun 5 ming, bronzaga ega chiqqanlar ustoziga esa 3 ming dollar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tish joiz, Qozog‘iston jamoasi 4 ta oltinni erkaklar bahsidan, yana 3 tasini esa ayollar musobaqasidan qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba nafaqat milliy sport taraqqiyoti uchun, balki mamlakatning jahon miqyosidagi nufuzi uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston sportchilari yana bir bor o‘z maqomini namoyish etib, kelgusi musobaqalar uchun katta ishonch va motivatsiyaga ega bo‘lishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonlik bokschilar JCH-2025 dagi medallari uchun qancha mukofotga ega bo‘lishdi?