Siz eʼtibor istaysiz..
Koʻpincha kimnidir yoqtirib, uning eʼtiborini tortish qiyindek tuyiladi. Nazaringizda, u sizdan ancha yiroqda: qoʻlingiz yetmaydi, hech qachon erisha olmaysiz. Biroq hammasi siz oʻylaganchalik emas. Eng avvalo, siz eʼtiborini tortishni istagan odam sizning eʼtiboringizga arziydimi-yoʻqmi, shuni aniqlashingiz kerak. Shundan keyingina bir qarorga kelishingiz mumkin. Demak, yaxshilab oʻylab javob bering: nima sababdan uning eʼtiborini tortmoqchisiz? U bilan nikohdan oʻtmoqchimisiz? Yoki oniy havas asirimisiz? Yoki uni avval yaxshiroq bilib olishni istaysizmi? Xatti-harakatlaringiz ham shunga yarasha boʻladi. Biroq siz yoqtirgan odamning eʼtiborini tortish borasida bir qancha umumiy tavsiyalar mavjud.
Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz.
a) Eng avvalo uni yaqindan oʻrganing. Kim u, nimani yaxshi koʻradi, nimani yoqtirmaydi, qanday muomalani maʼqul koʻradi, nimalarga qiziqadi? Buning uchun esa, kamroq gapirib, kuzatishingizga, tinglashingizga, tahlil qilishingizga toʻgʻri keladi.
b) Oʻrganish jarayonida jonga tegmang. Betayin savollar bilan uning boshini qotirmang. Chetdan kuzatishga harakat qiling. Uning hayoti tafsilotlari haqida doʻstlari, qarindoshlari va tanishlarini savolga koʻmib tashlashdan ham foyda yoʻq.
c) Oʻrganish jarayoni ancha ogʻir ekanini, tezda tugamasligini hisobga oling. Axir, tez erishilgan narsa tez yoʻqotilishi hammaga maʼlum-ku.
d) Uni oʻrganing, ammo oʻzingizni koʻz-koʻz qilavermang. Koʻproq vaqtgacha eʼtiborini tortmaslikka harakat qiling (har qancha ziddiyatli tuyilmasin). Oʻzingizni yaxshi koʻrsatishga urinmang. Oʻzingizga kerak odamni tanlang, kimningdir eʼtiborini tortish niyatida boʻlmang.
ye) Uning qiziqishlarini baham koʻrishga urining. Biroq bunda samimiyat zarur, aks holda, bundan hech nima chiqmaydi. Agar uning qiziqishlari sizga yoqmasa, demak, unga boʻlgan munosabatingiz ham yuzaki boʻlishi mumkin…
f) Uning qiziqishlarini baham koʻrish asnosida asta-sekin eʼtiborini torta boshlaysiz. Avval unga inson sifatida qiziqarli boʻling: bu holatda tugʻilgan qiziqish ancha chuqur boʻladi va uzoq davom etadi.
f) Uning didini ham oʻrganish lozim. Axir, unga yoqmaydigan uslubda kiyinsangiz, eʼtiborini torta olmaysiz.
g) Uni choʻchitishi mumkin boʻlgan ishlarni qilmang, garchi noanʼanaviy harakatlaringiz bilan uning eʼtiborini tortishni xohlasangiz ham. Bunday holatda uni oʻzingizdan nari itarishingiz mumkin.
i) Unga hayotda nima yetishmasligini bilishga urining (moddiy narsalar emas, muloqot printsiplari). Hayrat, doʻstona munosabat, suhbat, sukut?..
j) Shuni unutmaslik kerakki, oʻrganish jarayonida oʻsha odam hafsalangizni pir qilishi hech gap emas. Chunki siz real odam emas, oʻzingiz xayolingizda yaratgan obrazni sevgan boʻlishingiz mumkin. Obraz erib ketgan boʻlsa, buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Uning haqiqiy qiyofasini keyinroq (masalan, toʻydan keyin) emas, hozir bilib olganingiz yaxshi-ku. Bu bilan siz hech nima yoʻqotmaysiz.
k) Natija siz kutgandek boʻlmasa, tushkunlikka tushmang. Baxtingizga nuqta qoʻymang. Balki sal nariroqda sizni haqiqiy baxtingiz, sevgingiz kutayotgandir. Sizni qadrlolmaydigan odamga vaqtingizni sarflab yurmang!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi