Amerika pediatrlar akademiyasi va Kanada pediatrlar jamiyati 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir kunda qo‘l telefoni, planshet, noutbuk va h.k.dan qancha vaqt foydalanishi mumkin degan savolga aniqlik kiritdi. Rasmiy hisobotga ko‘ra, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar texnologik vositalarga umuman yaqinlashtirilmasligi, 3-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uzog‘i bilan bir soat, 6-18 yoshdagilar ko‘pi bilan ikki soat foydalanishi mumkin ekan. Kayzer fondi va Kanada sog‘lom faol bolalar tashkilotining o‘tkazgan tadqiqoti bugungi bolalar yuqorida keltirilgan me’yorlardan kamida 4-5 barobar ko‘p foydalanayotgan ekan. Texnologik vositalar hatto o‘limga olib kelgani ham aniqlangan. Dunyoning rivojlangan davlatlarida olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida aniqlangan zararlar sababli pediatrlar bolalarga 12 yoshgacha texnologik vositalarni (mobil telefon, planshet, noutbuk va h.k.) qat’iy taqiqlash kerak degan xulosaga keldilar.
Quyida zararlarning eng asosiylari keltirilgan:
Miya hajmining tez kengayib ketishi
Insonning miyasi 21 yoshgacha o‘sib boradi. Ammo miya rivojlanishi eng faol fazadagi ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar texnologik vositalar bilan muloqotga kirishganda miya haddan tashqari jadal ishlay boshlaydi. Natijada diqqatni jamlay olmaslik, uziq-yuliq kognitiv (aqliy) rivojlanish va kuchli hayajonlanish bilan bir qatorda miya hajmining nomutanosib kengayishi yuz beradi.
Rivojlanishdan ortda qolish
Texnologik vositalar harakatlanishni cheklagani bois bolalarda turli fiziologik kasalliklar kelib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida miya faoliyatining sustlashishiga olib keladi. Chunki jismoniy harakat diqqatni jamlash va ilm o‘zlashtirish qobiliyatini faollashtiradi.
Semirish
Xonasida televizor yoki video o‘yinlar mavjud bolalarning 30 foizida ortiqcha vazn olish kasalligining og‘ir ko‘rinishi kuzatilgan. Kanadada bolalarning 25 foizi, AQShda 33 foizi semirish kasalligidan aziyat chekadi. Ortiqcha vazn olishni davom etayotgan bolalar diabet va yurak xurujiga moyil bo‘lishi allaqachon isbotlangan. Bundan 15 yil oldin, 2002 yilda Bi-Bi-Siga intervyu bergan Professor Endryu Prentis bolalardagi semirish balosi oqibatida insoniyat tarixida ilk bor XXI asr bolalari o‘z ota-onalaridan oldin vafot etishi mumkinligini aytgan edi. Bugungi kundagi statistika ma’lumotlari ushbu xavotirni tasdiqlamoqda.
Uyqusizlik
Inson tanasi uyqu vositasida quvvatini tiklab oladi. Uyquning o‘z vaqtida va yetarli bo‘lmasligi tananing har bir a’zosiga mislsiz salbiy ta’sir qilgani bois fiziologik jarayonlarga alohida to‘xtalib o‘tmadik.
Ruhiy kasallik
Texnologik vositalarning ishlatilishi bolalarda chuqur ruhiy tushkunlik, qattiq hayajonlanish va autizm kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kanadada yashovchi har olti bolaning bittasi ruhiy kasallikka chalingan.
Tajovuzkorlik
Dahshatli sahnalari mavjud media kontent bolalarda tajovuzkorlik paydo qiladi. AQShda vahshiyona sahnalar mavjud media kontentlarni jamoatchilik sog‘ligiga xavf soluvchi xatar kategoriyasiga qo‘shganinig asosiy sababi ham bolalarda tajovuzning kuchayganidan.
Raqamli aqli zaiflik
Voqealar rivoji tez suratda o‘zgaradigan o‘ta faol sahnali media asarlar bolalarda diqqat qilish va xotirani susaytiradi. Bunga old miyaga keluvchi neyronlar kanalchalarining kesilib qolishi sabab bo‘ladi. Ma’lumki, diqqat qila olmaydigan bolalar o‘rgana olmaydilar.
Texnologik vositalarga kushandalik
Ota-ona texnologik vositalarga bog‘lanib qolgani sayin bolalar ulardan uzoqlasha boshlaydi. O‘z navbatida, ota-onadan uzoqlashgan farzand telefon, kompyuter yoki televizor bilan do‘st tutinadi. 8-18 yoshdagi bolalarning 10 foizi texnologik kushandalik kasalligidan aziyat chekadi.
Radiatsion nurlanish
Butundunyo Sog‘liqni saqlash tashkiloti uyali telefonlarni (va boshqa simsiz qurilmalar) radiatsion nurlanish xavf kategoriyasining 2B darajasi deb 2011 yilda baholagan edi. Ammo 2013 yilda Toronto universitetining sog‘liqni saqlash fakulteti doktori Antoni Miller yangi ilmiy izlanishlar o‘tkazgandan keyin uyali aloqadan nurlanish aslida ancha jiddiy ekanini hisobga olib 2B xavf kategoriyasidan 2A kategoriyaga o‘tkazishni tavsiya qilgan.
Manba: Islaminstitut.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi