07:20 / 11.03.2019
8 241

Ozish uchun eng samarali taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Ozish uchun eng samarali taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari
Koʻngildagidek koʻrinishga ega boʻlish uchun eng avvalo ortiqcha vazndan xalos boʻlish kerak. Turli-tuman parhezlar bizdan yetarlicha iroda kuchi va mablagʻni talab qiladi. “Shafqatsiz qurbonliklarsiz” sarvqomat boʻlish imkonini beruvchi vosita bormikan? Afsuski, “Goʻzallik qurbonliklarni talab qiladi” degan gap hozircha oʻz kuchini yoʻqotmagan va muayyan jismoniy mashqlarsiz xavfsiz hamda samarali ozishning iloji yoʻq.

Biroq ilm-fan joyida toʻxtab qolgani yoʻq, olimlar ortiqcha vaznga qarshi kurashishning tobora yangi usullarini kashf qilishmoqda. Ana shunday ozish usullaridan biri ratsionga yogʻ parchalovchi oziq-ovqat mahsulotlarini qoʻshish hisoblanadi.

1. Sut mahsulotlari
Sut mahsulotlari (sutdan tashqari) organizmda hujayralarni yogʻ parchalashga majbur qiluvchi kalsitriol gormoni sonini oshiradi. Yogʻsiz sut mahsulotlari: yogurtlar, kefir, tvorog, qatiq — mutaxassislarning fikricha, ortiqcha vazndan xalos boʻlishga va qayta oʻzlashtiriluvchi yogʻlar sonini kamaytirishga yordam berar ekan. Sut zardobi yogʻ metobolizmini tezlashtiruvchi yuqori sifatli sut proteiniga ega. U organizmning energiya sarfini kompensatsiya qilish maqsadida teri ostidagi yogʻning parchalanishiga turtki beradi.

2. Zanjabil
Zanjabil “qaynoq” mahsulotlar sirasiga kiradi. U oshqozonni yaxshi sekretsiya va qon bilan taʼminlaydi va shu tariqa organizmda moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Efir yogʻlarining yuqori miqdori tufayli zanjabil metabolizmni kuchaytiradi va bu yogʻ hujayralarining tezroq parchalanishiga olib keladi. Bundan tashqari, zanjabil teri holatini yaxshilaydi, uni yosh va chiroyli qiladi.

3. Karam
Oq karam, gulkaram, brokkoli — ortiqcha vaznga qarshi kurashda beminnat yordamchilar. Oq karam organizmda choʻtka kabi ishlaydi va shu tariqa uni ortiqcha narsalardan tozalaydi. Brokkoli — vitamin va mikroelementlar xazinasi. Ulardan biri — indol-3-karbinol estrogenlar almashinuvini normallashtiradi. Karam vitaminlarga boyligi boʻyicha brokkolidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Karam — kam kaloriyali mahsulot, shuning uchun uni hech qanday cheklovlarsiz ovqatga qoʻshish mumkin.

4. Bodring
Bodring — ozish uchun samarali vosita, biroq u mavsumiy xususiyatga ega boʻlib, aynan tabiiy yetilgan davridagina maksimal foyda keltiradi. Ularni hosil hali u qadar kattalashib, urugʻlari esa yoyilib ketmasidan isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Bodring poʻsti imkon qadar archilmaydi, chunki vitamin va minerallarning katta qismi aynan shunda. Bodring organizmga diuretik taʼsir koʻrsatadi, bu esa uni kam kaloriya bilan birga ortiqcha vaznga qarshi kurashayotgan odamlar oziqlanishi uchun ham bebaho mahsulotga aylantiradi.

5. Dolchin (koritsa)
Bu mahsulot ortiqcha vaznga qarshi kurashda nisbatan yaqindan qoʻllanib kelinadi. Shunga qaramay, u oʻzini ajoyib yogʻ parchalovchi vosita sifatida namoyon qilishga ulgurdi. Dolchin qondagi qand miqdorini kamaytiradi va shu tariqa yogʻlar akkumulyatsiyasini sekinlashtiradi. Dolchinni choy, kefir, qahvaga qoʻshish mumkin. Agar 1 choy qoshiq asal, yarim choy qoshiq dolchin, qaynagan suvda dimlanib isteʼmol qilinsa, organizmdagi yogʻlar eriydi.

6. Greypfrut
Greypfrut parhezi — afsona emas. Skripps klinikasi tadqiqotchilari 12 hafta davomida yarim greypfrut isteʼmol qilgan kishilar oʻrtacha 1,5 kilogrammga ozishganini aniqlashgan. Bu sitrus oʻzining kimyoviy xususiyatlari sabab S vitaminiga toʻla, u insulin darajasini kamaytiradi, bu esa vazn kamayishiga olib keladi.

Bu ajoyib meva — organizmdagi yogʻlarning eng faol qotili. Flavonoid va naringinning yuqori miqdori tufayli u kuchli peshob haydovchi taʼsirga ega, shu bilan birga, u organizmga taom bilan kiruvchi yogʻlarni ajratib chiqarishga qodir. Biroq shuni yodda tutish kerakki, greypfrutni ichidagi achchiq tasmalarini tozalamay yeyish kerak, chunki yogʻlarni parchalovchi modda aynan shu yerda.

7. Koʻk choy
Koʻk choy — yogʻlarning “qotili”. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, koʻk choy ekstrakti moddalar almashinuvini tezlashtiradi va vazn tashlashga yordam beradi. Bu choy kayfiyatni yaxshilaydi va ehtimol, antikanserogen xususiyatlarga ega, shuningdek yurak kasalliklarini oldini olishda yordam beradi. Koʻk choy yulduzlar orasida juda urf boʻlgan ichimlikdir. U organizmda moddalar almashinuvini 15-20 foizga tezlashtiruvchi katta miqdordagi tabiiy kofeinga ega. Koʻk choy nafaqat teri ostidagi yogʻlarni, balki eng xavfli hisoblangan visseral - ichki yogʻni ham osonlikcha yuvadi. Kuniga uch piyola koʻk choy ichilsa, hatto juda semiz kishilar ham ozadi.

8. Suv
Yangi tadqiqot suv vaznni kamaytirish jarayonini tezlashtirishidan dalolat bermoqda. Germaniyalik olimlar kuniga 500 ml suv ichgan tadqiqot ishtirokchilari kaloriyalarni parchalash tezligini 30 foizga oshirganini aniqlashdi. Suv shuningdek organizmdan tuz va toksinlarni yuvib chiqarib, ishtahani tabiiy soʻndiruvchi hisoblanadi. Yetarli miqdorda suv ichib, siz shuningdek tashnalikni ochlik sifatida qabul qilishdek xatolarni chetlab oʻtishingiz mumkin.

9. Malina
Malina yogʻlarni parchalashga turtki beruvchi meva enzimlariga ega. Yarim soatda isteʼmol qilingan yarim stakan malina oshqozonga koʻp ovqatni oʻzlashtirishga yordam beradi. Bu meva metabolizmni tezlashtiradi. Boz ustiga, 100 gramm malinada atigi 44 kaloriya mavjud.

10. Xantal
Xantal oshqozon suvi sekretsiyasini ragʻbatlantiradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi.

11. Apelsin
Yogʻlarni parchalovchi mahsulotlar albatta qandaydir bemaza narsa boʻlishi kerak, deb kim aytdi? Bir apelsin 70-90 kaloriya “vazn”ga ega. Asosiysi, bu meva isteʼmol qilingandan keyin toʻqlik hissi 4 soatgacha saqlanib qoladi.

12. Bodom
Bodomda mavjud yogʻlarning faqat 40 foizi hazm boʻladi. Qolgan 60 foizi toʻyinish va ajralishga ulgurmay organizmdan chiqadi, yaʼni bodom toʻyintiradi va bunda oʻzidan keyin keraksiz kaloriyalarni qoldirmaydi.

13. Yerqalampir
Yerqalampir (tarkibida efir moyi boʻlgan va ovqatga dorivor sifatida ishlatiladigan achchiq oʻsimlik) ildizida mavjud fermentlar yogʻlarning parchalanishiga olib keladi. Baliq va goʻshtli taomlarga yerqalampir bilan ishlov bering.

14. Loviya
Dukkaklilar — organizmimiz uchun juda zarur boʻlgan oʻsimlik oqsili manbai. Oqsil oʻz-oʻzidan metabolik, bu unga yogʻ hujayralarini ortiqcha qiyinchiliksiz parchalash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, oqsil mahsulotlarini oʻzlashtirish uchun organizm koʻp quvvat sarflaydi, uni esa yogʻ zaxiralaridan oladi. Parhezshunoslar garnir oʻrniga loviya isteʼmol qilishni yoki uni salatga qoʻshishni tavsiya qilishadi.

15. Kokos suti
Kokos sutida moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi yogʻlar mavjud.

16. Ananas
Ananas yaqin vaqtgacha yogʻlarni faol parchalovchi va ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beruvchi mahsulotlarda keng reklama qilingan bromelayn fermentiga ega. Afsuski, olimlar uning oshqozon shirasi taʼsiri ostida oʻz fermentativ xususiyatlarini yoʻqotishini aniqlashdi. Shunday boʻlsa-da, ananas ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ochlik hissini muvaffaqiyatli kamaytiradi.

17. Papayya
Papayya lipidlarga taʼsir qiluvchi va oqsillarni ajratuvchi fermentlarga ega. Biroq papayya parhezida oʻtirishdan maʼno yoʻq, chunki fermentlar organizmga tushganidan 2-3 soat oʻtib oʻz faolligini yoʻqotadi. Istalgan taʼsirga erishish uchun papayyani bevosita taom isteʼmol qilishdan avval, ovqat vaqtida yoki undan keyin yeyish kerak.

18. Olma va nok
Kuniga uch kichik olma yoki nok isteʼmol qilgan ortiqcha vaznga ega ayollar oʻz parheziga mevalar qoʻshmaganlarga nisbatan koʻproq vazn yoʻqotishgan. Rio-de-Janeyro davlat universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Sabzavotlar bilan oziqlanganlar umumiy hisobda kamroq kaloriya isteʼmol qilishgan. Shuning uchun keyingi safar shirinlik yegingiz kelganda selluloza koʻp boʻlgan past kaloriyali mahsulotlarni isteʼmol qiling. Siz toʻqlik hissini koʻproq tuyasiz va kamroq ovqatlanasiz.

19. Suli yormasi
Suli yormasi - eruvchan sellulozaning ajoyib manbai. Toʻqlik hissini beradi va jismoniy mashqlar uchun zarur quvvat baxsh etadi.
Yogʻlarni parchalovchi mahsulotlar — ortiqcha vaznga qarshi kurashishda bizning ishonchli yordamchilarimiz. Biroq shuni yodda tutish lozimki, birorta oziq-ovqat mahsuloti toʻgʻri tuzilgan ratsion va yetarlicha jismoniy harakatlarsiz ortiqcha yogʻlardan xalos boʻlishga olib kelmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozish uchun eng samarali taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari