date

Ortiqcha go‘zallik — layklar yo‘qolishining sababimi?

Ortiqcha go‘zallik — layklar yo‘qolishining sababimi?

Dayton universiteti olimlarining so‘nggi tadqiqotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi jozibador ko‘rinish har doim ham mashhurlik olib kelmaydi. Tadqiqotda fitnes-influenserlarning tashqi qiyofasi va ular to‘plagan layklar soni o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "juda chiroyli" blogerlar "o‘rtacha yoqimtoy"larga nisbatan kamroq layk va obunachiga ega bo‘lishgan. Mutaxassislar buni shunday izohlaydi: mukammal tashqi ko‘rinish insonni tomoshabinlar uchun "erishib bo‘lmas" qilib qo‘yadi, natijada auditoriya bilan emotsional masofa yuzaga keladi.

Tadqiqot mualliflari Endryu Edelblum va Ebbi Frank bu holatni “teskari go‘zallik effekti” deb atashgan. Ularga ko‘ra, influenserlarni faqat samimiylik qutqara oladi — agar bloger o‘z qiyinchiliklari yoki ishonchsizliklari haqida ochiq gapirsa, layklar soni keskin ortishi mumkin.

“Kamtarlik va ochiqlik — auditoriya bilan haqiqiy aloqa o‘rnatishning eng kuchli vositasidir,” deydi tadqiqotchilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ortiqcha go‘zallik — layklar yo‘qolishining sababimi?